AQSHNING INDIANA UNIVERSITETI HAMKORLIGIDA “O‘ZBEK TILI VA MADANIYATI” NOMLI MAXSUS O‘QUV KURSI TASHKIL ETILDI

13.05.2022

Samarqand davlat chet tillar instituti xorijiy oliygohlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish borasida mintaqada yetakchi oliygoh bo‘lib kelmoqda desak, mubolag‘a emas. Negaki, bugungi kunga qadar institut 100 ga yaqin nufuzli xorijiy oliygohlar bilan xalqaro hamkorlik aloqalarini davom ettirib kelmoqda. Amerika qo’shma shtatlarining oliygohlari va ta’lim tashkilotlari ham shular jumlasidandir.

Shuningdek, 2022-yilning 10/18-may kunlari Samarqand davlat chet tillar institutida Amerika qo’shma shtatlarining Indiana universiteti bilan hamkorlikda “O‘zbek tili va madaniyati” nomli maxsus o‘quv kursi tashkil etilmoqda. Mazkur o’quv kursi Samarqand davlat chet tillar institutida bir necha yillar oldin tashkil etilgan bo’lib, har yili xorijlik talabalar Samarqandda o‘zbek tili va madaniyati bilan yaqindan tanishadilar.

Ajdodlarimizdan qolgan madaniy tarixiy meros, tarixiy yodgorliklar, Samarqand shahrining diqqatga sazovor joylari, xalqimizning urf-odatlari, an’analari ham shular jumlasidadir. 11-may kuni Samarqand davlat chet tillar institutiga Amerika qo’shma shtatlarining Indiana universiteti talabalari kelishdi va institut bilan yaqindan tanishishdi. Rahbariyat vakillari o‘quv kursi doirasida amalga oshiriladigan rejalar bilan yaqindan tanishtirib o’tishdi. 

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

1 − 1 =