«O’QITUVCHI SHARAFLI KASB!”— DANIEL ROZENBLUM, AQSHNING O’ZBEKISTONDAGI FAVQULODDA VA MUXTOR ELCHISI
09.04.2021Avval xabar qilganimizdek, bugun, 9-aprel kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Xorijiy tillarni o‘qitishda baholash: yutuqlar, muammolar va yechimlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi o’z ishini boshladi.
Konferensiyaning ochilish marosimida AQShning O’zbekistondagi elchisi Daniel Rozenblum janoblari so’zga chiqib, o’z kirish nutqida: «O’QITUVCHI SHARAFLI KASB!”, — deya alohida ta’kidlab o’tdi. Shuningdek, u o’z nutqida “Ingliz tili yoshlar uchun butun dunyoni ochib beradi”, — deb ingliz tilining bugungi kundagi ahamiyatini aytib o’tdi.
Ma’lumot o’rnida, konferensiya O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zDJTU, Chet tillarni o‘qitishning innovatsiyaviy metodikalarini rivojlantirish Respublika ilmiy-amaliy markazi va AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi hamkorligida tashkil etilmoqda.
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.