AQSHNING STENFORD UNIVERSITETIDAN STIPENDIYALAR DASTURI

14.05.2020

AQShning Stenford universiteti (Kaliforniya) magistrant va fan doktorlari uchun stipendiyalar dasturini e’lon qilmoqda. Dastur doirasida har yili 90dan ortiq nomzodlar liderlik hamda kommunikatsiya borasidagi bilim va ko’nikmalariga qarab tanlab olinadi.

Stipendiyani tashkil qilishdan maqsad ishtirokchilarni jamiyatdagi muammolarni hal etishda innovatsiya va kommunikatsiyaga yo’naltirishdan iboratdir.

Stipendiya dasturi ishtirokchilarning barcha harajatlarini qoplaydi.

Dasturda ishtirok etish uchun ariza to’ldirishning so’nggi muddati — 2020-yil 14-oktabr. Rasmiy havola: https://knight-hennessy.stanford.edu/admission/apply-now

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

10 + ten =