ARAB TILININIG XALQARO NUFUZI

02.06.2023

Somiy tillar guruhining janubiy tarmog‘iga mansub bo’lgan  Arab tili Yaqin va O‘rta Sharq hamda Afrika shimolidagi yigirmadan ortiq mamlakatning davlat tili  va dunyo bo’ylab ko’plab davlatlarning ikkinchi tili hisoblanadi.

YuNESKO ma’lumotiga ko‘ra, sayyoramiz bo‘ylab 420 milliondan ortiq  kishi ushbu tilda so‘zlashadi. Shu bilan bir qatorda, 1,5 milliard musulmonlarning  Qur’on va hadis ilmini o’rganiluvchi sifatida sevimli tili hisoblanadi.

1973-yilda BMT Bosh assambleyasi arab tilini tashkilotning olti rasmiy ish tilidan biri deb e’lon qilgan.  

BMT tomonidan Xalqaro arab tili kuni ta’sis etilgan bo‘lib, bu kun 2012-yildan buyon dunyo bo‘ylab nishonlab kelinadi.

Tarixdan hozirgi Oʻzbekiston hududi Arab xalifaligi tomonidan boʻysundirilgach va islom mahalliy aholi tomonidan qabul qilingach, Arab tili hamda arab yozuvi mazkur hududda ilm-fan tili va yozuviga aylangan.

O’n uch asrdan ko’proq davom  etgan bu davrda Ibn Sino, Beruniy, Xorazmiy va boshqa sharqning eng buyuk qomusiy allomalari  ilmiy asarlari hamda Navoiy, Lutfiy singari ijodkorlarning o’lmas merosi arab tili va yozuvlarida bitilgan.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti YUNESKO arab xattotligini nomoddiy madaniy meros ro‘yxatiga kiritilgan. Arab yozuvi arab qahvasi, zam-zam suvi kabi mahsulotlardan keyin Arab mintaqasidan YUNЕSKOning Nomoddiy madaniy merosi ro’yxatiga kiritilgan to‘qqizinchi bandida ro’yxatga olingan.

Arab soʻzlashuv tili adabiy tildan keskin farqlanadi, fonetik va leksik jihatdan bir-biriga oʻxshamaydi. Misr, Sudan, Suriya, Iroq, Magʻrib, Xasaniya (Mavritaniya), Shoa (Nigeriya, Kamerun, Niger) lahjalariga boʻlinadi.

 Arab dunyosidagi hozirgi vaqtli matbuot, nashrlar, radio va televideniye shu tilda yuritiladi.  Shu bilan birga, Afrika  va Arab mamlakatlariga yo’l ochuvchi asosiy mintaqaviy til arab tili hisoblanadi.

Dunyo bo’ylab Saudiya Arabistoni, Qatar, Qohira, Xalifa universiteti kabi qator davlarlarda  Arab tilini o’rganuvchilar va so’zlashuvchilar uchun ko’plab ta’lim grantlari,  konferensiyalar va tanlovlar tashkil etilgan. Xalqaro tashkilotlarning ko’pgina tadbirlarida ham arab tilida ish yuritiladi.

Mamlakatimizdagi bir qator oliy ta’lim muassasalari, jumladan, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, O‘zbekiston milliy universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutida arab tilidan saboqlar berib boriladi.

Gulasal ELMURODOVA,
O’zDJTU, Media va kommunikatsiya fakulteti talabasi

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

13 + 10 =