ARIZONA UNIVERSITETINING «YEVROOSIYO TADQIQOTLARI MARKAZI» DIREKTORI BILAN UCHRASHUV O’TKAZILDI

16.05.2024

O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori I.Tuxtasinov AQShning Arizona universitetidan 16-may-9-iyun kunlari tashkillashtiriladigan «Yozgi lager»da ishtirok etish uchun tashrif buyurayotgan mazkur universitet talabalari guruhi rahbari, «Yevroosiyo tadqiqotlari markazi» direktori Luidmila Klimanovani qabul qildi.

Muloqot davomida dasturning tashkiliy masalalari va kelgusidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. L. Klimanova yaratib berilayotgan sharoitlardan mamnun ekanligini ta’kidlab, AQShning ilmiy tadqiqot sohasidagi yetakchi Arizona universiteti bilan turli jamg’armalar va tashkilotlar mablag’lari hisobiga ingliz tili o’qituvchilarini malakasini oshirish, ilmiy loyihalarni amalga oshirish mumkinligini ta’kidladi.

Univrsitet riktori I.Tuxtasinov, o’z navbatida, darslik va o’quv qo’llanmalarini yangilash maqsadida hammualliflikda o’quv adabiyotlari yaratish imkoniyatlarini o’rganish bo’yicha takliflar berdi.