ASTRAXANDA ROSSIYA-O‘ZBEKISTON OTM REKTORLARINIG MINTAQAVIY FORUMI BO‘LIB O‘TDI

11.04.2019

2019 yil 8-9 aprel kunlari Rossiya Federatsiyasining Astraxan shahrida Rossiya va O‘zbekiston OTM rektorlarining mintaqaviy konferensiyasi o‘tkazildi.

Unda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari Uzoqboy Begimqulov boshchiligida vazirlik mutaxassislari va 20 ta OTM rektorlaridan iborat delegatsiya ishtirok etdi. Mintaqaviy konferensiya kun tartibiga oliy ta’lim sohasida ikki tomonlama erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalasi qo‘yildi.

Jumladan, 2018 yil oktyabr oyida Toshkentda o‘tkazilgan «Yangi iqtisodiyot uchun – yangi kadrlar» birinchi O‘zbekiston-Rossiya ta’lim forumida imzolangan hujjatlarni amalga oshirish hamda ikkinchi Rossiya-O‘zbekiston ta’lim forumini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish masalalari hamkorlar tomonidan ko‘rib chiqildi.

Forum kun tartibiga ko‘ra Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi delegatsiyasi Rossiya Federatsiyasi Fan va oliy ta’lim vazirligi vakillari bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazdi, Astraxan shahridagi OTMlarga tashrif buyurib, ular faoliyati bilan tanishdi.

Ma’lumot uchun, 2018 yil 18 oktyabr kuni Toshkentda O‘zbekiston – Rossiya ta’lim forumi o‘tkazilib, unda rossiyalik hamkorlar bilan jami 114 ta shartnoma va bitimlar imzolangan edi. Xususan, O‘zbekistonda RFning 6 ta nufuzli OTM filiali va 2 ta fakultetini ochish, 52 ta qo‘shma ta’lim dasturini joriy etishga kelishilgan.

Manba: edu.uz

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

one × three =