AVSTRIYANING VENA YOZGI MAKTABIGA QABUL BOSHLANDI

09.01.2020

Qayerda: Vena, Avstriya

Muddati: Yanvar 31, 2020

Qachon: Iyun-avgust 2020

Avstriyaning Vena yozgi maktabi “Biocenter-2020”da ishtirok etish uchun arizalar qabuli boshlandi.

Dastur yorqin va xilma-xil muhitni yaratish uchun butun dunyodagi iqtidorli talabalarni jalb qilishni maqsad qilgan.

Maktabning Yevropada beshta yetakchi tadqiqot institutlari o‘rtasida hamkorlik aloqalari bor: Research Center for Molecular Medicine, Gregor Mendel Institute, Institute of Molecular Biotechnology, Institute of Molecular Pathology and the Max Perutz Labs va Max Birnstiel Foundation.

Afzalliklari:

  • Turar joy bilan ta’minlanadi;
  • Har bir talaba to‘qqiz haftalik dastur uchun 1,400 yevro miqdorida stipendiya oladi;
  • To‘qqiz hafta davomida tibbiy sug‘urta;
  • Stipendiya muddati mobaynida Venada jamoat transportida cheksiz foydalanish imkonini beradi;
  • Vena avia xarajatlarini qoplaydi;
  • Ko‘plab ijtimoiy tadbirlarda ishtirok etish imkoniyati.

Talablar:

  • Kamida 2 oliy ta’lim yilini tugatgan bo‘lishi;
  • Tadqiqot olib borish tajribasiga ega bo‘lishi;
  • Ingliz tilini yuqori darajada bilishi;
  • Universitet dasturiga joriy o‘quv yili uchun va keyingi yil uchun qabul qilingan guvohnoma (iloji bo‘lsa).

Batafsil ma’lumotni rasmiy veb-sayt orqali olishingiz mumkin.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

thirteen + nine =