“AXBOROTLAR PIRAMIDASI” NIMA?

08.09.2023

Axborot piramidasi haqida eshitganmisiz? Bu piramidaning quyi qismida kimlar turadi-yu, eng yuqori cho‘qqisini kimlar egallagan? Sizga qiziqmi? Unda bu maqola aynan siz uchun! Shunday o‘ziga xos “axborotlar piramidasi” mavjudki, bu piramida matbuot xizmati xodimlari, nyusmeykerlar va insayderlardan iborat.

Eng quyi qismda PRchilar, matbuot xizmati turadi. Ular jurnalist va nyusmeykerlar orasidagi o‘rtakashlar bo‘lib, ularda har doim ham kerakli yangiliklar bo‘lavermaydi. Bu kasb egalari ichida baʼzida keraklicha maʼlumotga ega bo‘lmagan matbuot kotiblari ham bor, bu kotibning emas, kompaniya yoki tashkilotning aybi sanaladi.

Piramidaning 2-pog‘onasida nyusmeykerlar turadi. Boshqacha aytganda, boshliqlar: vazir, vazir o‘rinbosari, kompaniya boshliqlari va boshqalar. Boshliqlar yuqori mavqega ega bo‘lgani uchun emas, balki qaror qabul qila olishi nuqtayi nazaridan bu pog‘onada turadi. Jurnalistlar bo‘lsa qabul qilingan yoki qilinayotgan qarorlarnigina yozishadi.

Piramidaning eng cho‘qqisida insayderlar turadi. Insayder boshliq bo‘lishi shart emas. U shunday insonki, u doimo kerakli maʼlumotga ega shaxs bo‘lib, o‘z navbatida, o‘zidagi maʼlumotni jurnalistlar bilan bo‘lishishga tayyordir. Unda muhim hujjatlar va qarorlarga “kira olish” imkoni bor. Insayder va maʼlumotni sotuvchi shaxs o‘rtasida farq bor – ular turlicha odamlardir.

Ko‘rinib turibdiki, insayder maʼlum guruhga aʼzo yoki maʼlumotlarga “kira olish” imkoni mavjud bo‘lgan va o‘zidagi maʼlumotlarni jurnalistlar bilan bo‘lishishga tayyor shaxslar. Maʼlumki, insayderning ismi-sharifi ommaga maʼlum qilinmaydi, lekin jurnalist bu haqida muharrirga aytishi kerak, sababi insayder – axborot manbasidir. Uzatilayotgan maʼlumotni to‘g‘riligini tekshirish uchun uning ikkinchi manbasi ham bo‘lishi kerak. Bu tahririyatlarning jurnalistga asosiy talabi, bu usul – tekshirilmagan maʼlumotning tarqalishini oldini oladi. Ko‘plab OAVda bu qoidalar asosiy talablar ro‘yxatiga kiritilgan.

Nomi oshkor qilinmaydigan manbalardan iloji boricha qochish kerak. Agar vaziyat shuni taqozo qilayotgan bo‘lsa, o‘quvchiga manbani oshkor qilish mumkin emasligini tushuntirish orqali uning ishonchini qozonish kerak. Manbani oshkor qilmaslik bir qancha usullar orqali amalga oshiriladi:

  • ism-sharifini keltirmaslik, lekin lavozim yoki tashkilotni ko‘rsatish (Nestle kompaniyasining brend-menejerlaridan biri);
  • ism-sharifsiz, faqatgina tashkilotning nomini ko‘rsatish (“Intellekt” kompaniyasi xodimi);
  • lavozimini ko‘rsatish (Poytaxtdagi mashhur kompaniyalardan birining direktori);
  • hech bir maʼlumotsiz faqat faoliyat turini ko‘rsatish (bankir yoki neft sohasi mutaxassisi);
  • hech bir maʼlumotni oshkor qilmaslik, faqat voqeaga daxldorlikni ko‘rsatish (Bank rahbariyatiga yaqin manba).

Yuqoridagi usullar jurnalistga auditoriya ishonchini qozonishida yordam beradi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

7 − two =