BADIIY TARJIMA VA ADABIYOTGA QIZIQQANLAR UCHUN MUTARJIMLIK MAKTABI TASHKIL ETILMOQDA

21.02.2023

Siz badiiy tarjimaga va adabiyotga qiziqasizmi?

Bo‘sh vaqtlaringizda nemis tilidan o‘zbek tiliga yoki o‘zbek tilidan nemis tiliga tarjimalar qilasizmi?

Unda Toshkentdagi Gyote-Instituti qoshida tashkil etilayotgan «Badiiy tarjima” mutarjimlik maktabi aynan siz uchun!

Ushbu maktab a’zosi sifatida quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘lasiz:

  • Badiiy tarjima va zamonaviy nemis va nemiszabon adabiyot haqidagi bilimlaringizni kengaytirasiz;
  • havaskor tarjimondan professional mutarjimonga aylanasiz;
  • badiiy tarjima borasida xalqaro grant va stepindiyalar sohibi bo’la olasiz;
  • nafaqat adabiy iqtidoringiz balki tajimashunoslik hamda adabiyotshunoslikdagi ilmiy layoqatingizni shakllantirasiz;
  • va albatta ma’naviy hamda moddiy rag’batlantirilasiz!

Imkoniyatdan foydalanib qoling! A’zolik o’rinlari cheklangan.

Bu siz uchun eng yaxshi imkoniyat!

Murojaat uchun: 91-641-24-61

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

five × 5 =