«BELC 2024» YOZGI MAKTABIDA ISHTIROK ETISH UCHUN STIPENDIYALAR TANLOVI E’LON QILINMOQDA

06.05.2024

Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida ta’lim beradigan fransuz tili o‘qituvchilariga 15 ta FLE stipendiyalarini taklif etadi.

Stipendiya sohiblari 2024-yilning 15-26-iyul kunlari Bordo shahrida bo‘lib o‘tadigan «BELC 2024» yozgi maktabida ishtirok etadilar.

BELC – butun dunyo mamlakatlaridagi fransuz tili mutaxassislari uchun tashkil etiladigan intensiv seminar trening.

Stipendiya nomzodlariga qo‘yiladigan talablar:

  • Oʻzbekiston oliy taʼlim muassasasida fransuz tili yoki xorijiy tillar kafedrasida toʻliq stavkada fransuz tilidan dars berish;
  • Kamida 3 yillik pedagogik ish stajiga ega bo‘lish;
  • Kamida B2 darajasiga ega bo‘lish (faqat DELF/DALF diplomlari yoki to‘liq TCF qabul qilinadi).

Ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi muddati 2024-yil 10-may.

Tanlov ro‘yxatdan o‘tish paytida taqdim etilgan hujjatlar asosida amalga oshiriladi.

Ro’yxatdan o’tish uchun havola.