BELGIYANING «ECCHOLINE» KOMPANIYASI BUXORODA REALITI-SHOU SURATGA OLDI

20.09.2021

Joriy yilning 11-13 sentabr kunlari Buxoroda Fransiya televideniyesi uchun keng ko’lamli reality-shou suratga olish ishlari olib borildi. 

Loyiha Belgiyaning «Eccholine» kompaniyasi tomonidan amalga oshirilmoqda. Suratga olish jamoasi tashrifidan asosiy maqsad, shou dasturi orqali Buxoroning turistik salohiyatini ochib beradigan suratga olish ishlarini olib borish, shuningdek, madaniy-tarixiy merosni xalqaro darajada tanitishdan iborat.

Suratga olish ishlari Ark qal’asi maydoni hamda Buxoroning qadimiy-tarixiy qismida amalga oshirildi. Shuningdek, tasvirga olish jarayonlari Buxoroning hunarmandchilik markazlarida ham amalga oshirildi.

Ma’lumot o’rnida: Mazkur shou Fransiyada 15 yildan buyon efirga uzatilib, yirik auditoriyaga ega.

Shou bir necha jamoalarning sayohati orqali ma’lum bir mamlakat madaniyatini yoritishga qaratilgan va millionlab fransuz tomoshabinlari uni katta qiziqish bilan tomosha qilishadi.

Mazkur realiti-shou namoyishi fransuz televideniyesida 2022-yilning bahorida bo’lib o’tadi.

Buxoro viloyati Turizm va sport Bosh boshqarmasi axborot xizmati.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

one + thirteen =