BESH TASHABBUS AMALDA: XALQARO JURNALISTIKA FAKULTETI TALABA-QIZLARI O’ZARO BELLASHDILAR

13.02.2020

“Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish” bo‘yicha 5 ta muhim tashabbus ijrosini ta’minlash yuzasidan 2020-yil 12-fevral sanasida O’zbekiston davlat jahon tillari universitetining  Xalqaro jurnalistika fakultetida ,,Qizlar davrasi» ko’rik tanlovi bo’lib o’tdi.

Ushbu tadbirda fakultetning “Axborot xizmati” va “Madaniyatlararo komunikatsiyalarning lingvistik ta’minoti” yo’nalishlaridan jami 7 nafar talaba-qizlari 4 ta shart  bo’yicha bellashdilar:

  • Tanishtiruv;
  • Kitobxonlik bilimlarini sinash yuzasidan savol-javob;
  • Pazandalik mahoratlarini namoyish etadigan  bahoriy salat tayyorlash;
  • Erkin mavzu.

Talabalar ushbu shartlar orqali o’z qobiliyat  va iste’dodlarini namoyish etishdi.

Ushbu tanlovda  O’zDJTU Ustoz-murabbiylar kengashi raisi Ibragimova Zarifa Nabiyevna, Uchtepa tumani Yoshlar ittifoqi raisi o’rinbosari Shomahmudova Nargiza Isoqjonovna, O’zDJTU Yoshlar ittifoqi kengash yetakchisi Mo’ydinov Mansurjon Ilhomovich, Xalqaro Jurnalistika fakulteti o’qituvchisi Saidova Muhayyo O’ktamovnalar hakamlik qildilar. Hakamlar hay’ati ishtirokchilarni mahoratlaridan kelib chiqib baholadilar. Tanlov natijalariga ko’ra:

  • 1-o’rinni Ziyodullayeva Rushana (Axborot xizmati yo’nalishi, 102-guruh talabasi);
  • 2-o’rinni Davronova Mohinur (Madaniyatlararo komunikatsiyalarning lingvistik ta’minoti yo’nalishi 105-guruh talabasi);
  • 3-o’rinni Hoshimjonova Maftuna (Madaniyatlararo komunikatsiyalarning lingvistik ta’minoti yo’nalishi, 103-guruh talabasi) egalladi.

Tanlov bahs-munozaralarga boy va ko’tarinki ruhda bo’lib o’tdi.

Sovrinli o’rinlardan tashqari, qolgan ishtirokchilar ham qobiliyatlaridan kelib chiqqan holda »Eng pazanda qiz», ,,Eng lobar qiz»,,, Eng quvnoq qiz» kabi nominatsiyalar bo’yicha taqdirlandilar.

Xalqaro jurnalistika fakultetida o’tkazilayotgan bu kabi tadbirlar talaba-yoshlardagi iste’dod va ochilmagan qirralarni namoyish etishda ibrat maktabi bo’lib kelmoqda.

Maftuna SAMINOVA,
Xalqaro jurnalistika fakulteti,
I bosqich talabasi

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

тринадцать − три =