Bilingual bo’lishning miyaga qanday foydasi bor?

12.08.2019

Mia Nakamuli

Ma’lumki, bir necha tillarni bilish ko’p narsalarni osonlashtirishi mumkin, masalan, sayohat qilish, filmlarni subtitrsiz ko’rish. Lekin bilingvizmning boshqa foydalari bormi? Mia Nakamuli bilingvizmning uchta turi haqda batafsil ma’lumot beradi va bir necha tillarni bilish miyangizni qanday qilib yanada sog’lom va faol qilishini tushuntiradi.

Dars: Mia Nakamuli. 
Multiplikatsiya: TED-Ed.

(tarjima vaqtiga videodagi TED logotipli kirish qismi hisobga olinmagan)

Uzbek Subtitles:

0:07 – 0:12

¿Hablas español? Parlez-vous français?

你会说中文吗? ¶

0:12 – 0:18

Agar siz «si», «oui» yoki «是的» deb javob bergan bo’lsangiz va siz bu darsni ingliz tilida ko’rayotgan bo’lsangiz,

0:18 – 0:23

unda siz ko’pchilik bilinguallar va poliglotlar qatoridasiz.

0:23 – 0:26

Sizga sayohat qilish oson ekanligidan yoki

0:26 – 0:27

filmlarni subtitrsiz ko’ra olishingizdan tashqari,

0:27 – 0:30

ikki yoki undan ko’proq tilni bilishingiz

0:30 – 0:35

miyangiz boshqacha ishlashi va monolingual o’rtoqlaringizga nisbatan farq qilishini bildiradi.

0:35 – 0:38

Xo’sh, «tilni egallsh» degani aslida nimani anglatadi?

0:38 – 0:41

Tilni bilishni odatda ikkita belgiga ko’ra baholashadi:

0:41 – 0:43

og’zaki va yozma, va ikkita passiv belgilar:

0:43 – 0:47

nutqni eshitib tushunish va o’qib tushunish.

0:47 – 0:50

Balansga ega bilingual insonda yuqoridagi ko’rsatkichlari

0:50 – 0:52

ikki tilda ham bir xil bo’ladi.

0:52 – 0:56

Lekin dunyoda ikkita tilni teng bo’lmagan

0:56 – 0:58

proporsiyalarda ishlatadigan va biladigan bilinguallar ko’proq.

0:58 – 1:02

Tilni egallash sharoyitiga qarab

1:02 – 1:05

bilinguallarni uch turga ajratish mumkin.

1:05 – 1:08

Masalan, Gabrielladan boshlasak,

1:08 – 1:12

Uning oilasi AQSHdan Peruga ko’chganida u ikki yoshda edi.

1:12 – 1:14

Gabriella — haqiqiy bilingual,

1:14 – 1:18

ya’ni u bir vaqtning o’zida ikkita tilni o’zlashtiradi

1:18 – 1:20

Tushunchalarni bir xil o’zlashtirib boradi.

1:20 – 1:22

U ham ispancha, ham inglizcha o’rganadi,

1:22 – 1:25

dunyoni endi-endi o’rganish davomida.

1:25 – 1:27

Uning akasi esa, o’smir bo’lgani uchun

1:27 – 1:29

aralash bilingual bo’lib ulg’ayadi.

1:29 – 1:31

Uning ongida ikki xil tushunchalar mavjud,

1:31 – 1:33

ya’ni ingliz tilidan maktabda foydalansa,

1:33 – 1:37

uyda va o’rtoqlari bilan ispan tilida gaplashadi.

1:37 – 1:42

Uning ota-onalarida esa, subordinativ bilingvizm shakllanadi,

1:42 – 1:44

ya’ni ular chet tilini o’z ona tili orqali,

1:44 – 1:46

solishtirib o’rganishgan.

1:46 – 1:50

Barcha tipdagi bilingualla ham tilni egallashi mumkin.

1:50 – 1:53

Va talaffuzi, urg’ularining farqlanishiga qaramay,

1:53 – 1:56

tinglovchi bilinguallarni turi bo’yicha ajratib olishi qiyin.

1:56 – 1:59

Neyrovizualizatsiyaning so’nggi yutuqlari shuni ko’rsatadiki,

1:59 – 2:01

til o’rganishning ayrim aspektlari

2:01 – 2:06

bilingualning miyasiga ham ta’sir qilar ekan.

2:06 – 2:09

Hammaga ma’lumki, mantiqiy jarayonlarda

2:09 – 2:12

miyaning chap yarimshari ko’proq aktiv bo’ladi.

2:12 – 2:16

O’ng yarimshar esa his-tuyg’ular yoki sotsial jarayonlarda

2:16 – 2:20

ko’proq aktiv holatda bo’ladi.

2:20 – 2:23

Til esa bu ikki xil jarayonga ham tegishli hisoblanib,

2:23 – 2:26

yarimsharlararo assimetriya yil sayin rivojlanishi

2:26 – 2:29

olimlarni senzitiv period gipotezasiga olib keldi.

2:29 – 2:30

Gipotezaga ko’ra,

2:30 – 2:32

bolalar tillarni oson o’rganishadi,

2:32 – 2:35

ularning endi rivojlanayotgan miyasi egiluvchan bo’lganligi til o’rganish jarayonida

2:35 – 2:39

miyaning ikkita yarimsharini ham harakatga keltiradi.

2:39 – 2:43

Ko’pchilik kattalarda esa yarimsharlararo assimetriya

2:43 – 2:45

chap yarimsharni aktivlashtiradi.

2:45 – 2:48

Agar gipoteza rost bo’lsa, bolalikda til o’rganish

2:48 – 2:52

sizga emotsional va sotsial tagma’nolarni to’liq tushunishga yordam beradi.

2:52 – 2:55

Yaqindagi tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki,

2:55 – 2:57

chet tillarini o’rgangan insonlar katta yoshda

2:57 – 2:59

ona tili hisoblanmagan,

2:59 – 3:02

boshqa tillarni qo’llashda

3:02 – 3:04

his-tuyg’ularga kamroq moyil bo’lib, bu tilga oqilona

3:04 – 3:06

yondashuvni namoyon etishadi.

3:06 – 3:08

Chet tilini qachon o’rganishingizni farqi yo’q,

3:08 – 3:12

ko’ptillilik sizning miyangiz ish faoliyatiga ko’p foyda beradi.

3:12 – 3:14

Ba’zilarini hatto ko’rish ham mumkin,

3:14 – 3:16

masalan, kulrang moddaning zichligi,

3:16 – 3:20

unda miyamizdagi neyronlarning va sinapslarning ko’p qismi joylashgan.

3:20 – 3:22

Undan tashqari, til o’rganish jarayonida

3:22 – 3:24

miyaning alohida qismlarida faollikni kuzatish mumkin.

3:24 – 3:26

Bilinguallar butun umr shug’ullanadigan

3:26 – 3:28

intensiv til o’rganish mashg’ulotlari

3:28 – 3:32

alsgeymer, dimensiya kabi kasalliklarining kelishini

3:32 – 3:33

o’rtacha besh yilga cho’zishi mumkin.

3:33 – 3:36

Bilingual bo’lishning kognitiv foydasi haqidagi g’oyalar

3:36 – 3:38

hozirda o’z-o’zidan tushunarli ko’rinadi, lekin bu g’oyalar o’tmishdagi

3:38 – 3:41

olimlarni juda hayratga solgan bo’lar edi.

3:41 – 3:44

1960-yillargacha bilinguallik bu noqulaylik deb hisoblangan,

3:44 – 3:46

u bolaning rivojlanishini pasaytirgan va

3:46 – 3:48

tillarni ajratish uchun

3:48 – 3:50

boladan ko’p vaqt oladi deb hisoblangan.

3:50 – 3:54

Bunaqa qarashlar o’sha vaqtlarda olib borilgan noto’g’ri tadqiqotlar natijasi edi.

3:54 – 3:56

Keyinchalik olib borilgan tadqiqotlar

3:56 – 4:00

bilingual talabalar nazorat ishlari va imtihonlarda masalalarni ishlashda

4:00 – 4:02

ko’proq vaqt sarflashi isbotlansa-da,

4:02 – 4:04

undan tashqari, bir tildan ikkinchi tilga o’tishda yuzaga keladigan

4:04 – 4:07

keskinlik va diqqat katta faollik talab qiladi, va miyaning

4:07 – 4:11

dorsolateral va prefrontal zonasini mustahkamlaydi.

4:11 – 4:14

Miyaning bu qismi asosan,

4:14 – 4:19

tashkiliy funksiyalar, muammolarni yechish, vazifadan vazifaga o’tish,

4:19 – 4:23

va shuningdek, keraksiz ma’lumotlarni olib tashlashga hizmat qiladi.

4:23 – 4:26

Bilingizm sizni aqlliroq qilishi aniq emas,

4:26 – 4:28

lekin u sizning miyangizni yanada sog’lom va murakkab qiladi,

4:28 – 4:31

va uning imkoniyatlarini kengaytiradi.

4:31 – 4:33

Va garchi bolalikda sizga chet tillarini o’rganish

4:33 – 4:36

nasib qilmagan bo’lsa-da,

4:36 – 4:38

o’zingiz uchun «Salom» dan «Hola», «Bonjour»

4:38 – 4:41

yoki «您好» ga lingvistik sakrash qilish uchun

4:41 – 4:44

hech qachon kech emas.

4:44 – 4:45

Zero, bu miyamiz bilan bog’liq ekan,

4:45 – 4:49

hatto kichik qadam ham katta bir safarning boshi bo’lishi mumkin.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

1 × 1 =