BIR GURUH PROFESSOR-O’QITUVCHILAR FINLANDIYAGA STAJIROVKAGA YUBORILDI

07.09.2023

Bugun, 7-sentabr kuni ta’lim sohasida Finlandiya tajribasini o’rganish maqsadida Samarqand davlat chet tillar institutining bir guruh pedagog xodimlari Finlandiyaga stajirovkaga jo’nab ketishdi.

Stajirovkaga yuborilishidan oldin professor-o’qituvchilar institut rektori I.To’xtasinov bilan uchrashdilar hamda ko’rsatmalar olishdi.

Kelajakda, olingan bilim malaka va ko’nikmalar yurtimiz yoshlarini o’qitishda katta samara berishi ta’kidlandi.