«BOBURNOMA» ASARI ARAB TILIDA QAYTA CHOP ETILDI

14.05.2024

O’zbekistonning Misrdagi elchixonasi tashabbusi bilan Zahiriddin Muhammad Boburning mashhur «Boburnoma» asari arab tilida qayta chop etildi.

Kitob qattiq muqovada, yuqori sifatli sarg’ish qog’ozda 1000 nusxada Yaqin Sharq mintaqasidagi eng yirik «Dor ul-Ma’orif» noshirlik korxonasi tomonidan chop etildi.

Hamyurtlarimizning mazkur asar tarjimasi bilan bevosita tanishishlari uchun kitoblar «Bobur» nomidagi xalqaro jamoat fondi, O’zbekiston Milliy kutubxonasi, O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga taqdim etiladi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

ten − one =