BOLALARDAGI IJODKORLIKNI RIVOJLANTIRISH USULLARI

01.04.2021

Bolalarga ijodkorlikni o’rgatsa bo’ladimi? Ba’zilar buni tabiiy ko’nikma deb bilishadi, ammo haqiqat shundaki, bunday qobiliyat bolada mavjud yoki yo’qligidan qat’i nazar ota-onalar va o’qituvchilar ulardagi yaratuvchanlikni rivojlantirishga yordam bera olishadi, aslini olganda esa bolalarda ijodkorlikni shakllantirish tug’ma iste’doddan ko’ra muhim ahamiyatga ega.

laekids.com

Ijodkorlik kasbiy muvaffaqiyatga erishishning kalitidir, lekin shaxsiy hayotda, salomatlik va baxt haqida gap ketganda ham bu qobiliyat muhim rol o’ynaydi. Odatda biz ijodkorlikni badiiy va musiqiy ifoda bilan bog’laymiz, ammo bundan tashqari, u fan, matematika va ijtimoiy sohalarda  ham juda ahamiyatlidir.

Bolaning ijodkorligini rivojlantirishning bir necha yo’li mavjud. Quyidagi ro’yxatda siz ulardan ba’zilari bilan tanishasiz:

Ochiq savollar orqali: “Agar biror-bir joyga borishingiz mumkin bo’lsa, qayerga borasiz? Agar odamlar okeanda yashashlari mumkin bo’lsa-chi? Agar .. bo’lsa nima bo’ladi …?» Bolalarga nazariyalar va farazli g’oyalarni taklif qilishlariga imkon berish, ularning ijodini rivojlantirishning samarali bir usulidir.

Bolalarni oddiy tanlov qilishga undang: tushlikda nima iste’mol qilmoqchisiz? Ta’til kunlari nima qilishni xohlar edingiz? Ularga mustaqil fikr yuritishlariga ijozat bering, bu ijodkorlikni mashq qilishning ajoyib usuli. Buning yana bir usuli — farzandlaringizni kundalik hayotida qaror qabul qilishida ishtirok etish, masalan: «Biz nimani mazali va sodda qilib pishirishimiz mumkin?», «Qanday qilib uyni tezroq tozalashimiz mumkin?»

Mutolaa: o’qish nafaqat xotirani yaxshilaydi, balki so’z boyligini kengaytiradi va diqqatni oshiradi, shu bilan birgalikda, ijodkorlikni ham shakllantiradi. Bolalarga foydali bo’lgan eng yaxshi odatlardan biri har kuni yotishdan oldin kitob o’qishdir. Ammo an’anaviy o’qish bunga doim ham yordam bermasligi mumkin. Biror bobni o’qib tugatish va chiroqni o’chirish o’rniga, bolangizdan keyin nima bo’lishini o’ylab ko’rishini so’rang va kitobdagi sevimli qahramonlar haqida so’zlashing. Siz shunda nafaqat farzandingiz bilan samarali vaqt o’tkazasiz, balki ularga fikrlash doirasini kengaytirishga, yaratuvchanligini oshirishga yordam berasiz.

Rag’batlantiruvchi muhit yarating: oddiy va rangli qalamlar, hunarmandchilik buyumlari, kitoblar va boshqalar. Rag’batlantiruvchi muhit bolalarga o’zlarining tasavvurlarini ishga solib, o’yinlar va o’yin sxemalarini o’ylab topishga yordam beradi …

Farzandingiz bilan o’ynang: rol o’ynash, improvizatsiya, film sahnalari … hamma narsa! O’zini chiroyli ko’rsatish, bolangizga hayotni boshqa nuqtai nazardan tasavvur qilish va kerak bo’lganda ijodiy yechimlarni taklif qilish imkonini beradi. Ssenariyni yaratish uchun uy atrofidagi narsalardan foydalaning, mavjud bo’lgan barcha imkoniyatlarni ishga soling va bir muncha vaqt sahna aktyorlari bo’ling!

Natijalarga emas, balki jarayonga e’tiboringizni qarating: tasavvur qiling, farzandingiz robot yaratyapti. Bolalardan natijani so’rash o’rniga, jarayon haqida so’rang: sizga eng yoqadigan jarayon nima edi? Eng qiyin jihati qaysi edi? Bu bilan bolalar nafaqat analitik qobiliyatlarni rivojlantiradilar, balki ularni bir xil faoliyat uchun turli xil yechimlar topishga va fikr almashishga undashingiz mumkin.

Bolalar oldiga muammolar qo’ying! Mukofotlar har doim muammoni yechishga turtki bo’ladi, agar siz bolalar oldiga yecha olishi mumkin bo’lgan muammolarni qo’ysangiz, bola muammoni hal etishning cheksiz usullarini topadi. Ushbu qiyinchiliklar haqiqiy ekanligiga va  natijaga emas, balki jarayonga asoslanganligiga ishonch hosil qiling. Bu bolaga kelajakda ham o’z muammolariga oson yechim topishga yordam beradi va ularning ijodkorlik qobiliyatini oshiradi.

Malika Cho’lliyeva tayyorladi
Xalqaro jurnalistika fakulteti talabasi

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

5 + seven =