BOLALARGA TIL O’RGATISHNING QIZIQARLI YO’LLARI

08.11.2022

Bog‘cha va maktab yoshida o‘yin bolaning eng asosiy va sevimli mashg‘uloti bo‘lganligi tufayli, bola atrof-muhitni ham o‘yin orqali kashf etadi. Agar xorijiy tilni ham o‘yinga qorishtirilgan holda o‘rgatilsa bu til ko‘nikmalarining o‘zlashtirish samaradorligini bir necha barobarga oshiradi.

Bilamizki, bolalar tabiatan tez zerikashadi, shuning uchun ham ular har kuni yangi o‘yinchoq o‘ynashni xohlaydilar. Nega farzandingiz telefoningizga yangi oʻyin yuklab olishingizni soʻraydi? Nima uchun bolalar turli kitoblarni o‘qiydilar, turli multfilmlarni tomosha qiladilar va keyin multfilmlarni emas, balki rang-barang filmlarni tomosha qilishni boshlaydilar?  Chunki ma‘lum vaqt o‘tishi bilan, ular uchun dastavval qiziqarli bo‘lgan narsalar tez orada zerikarli bo‘lib qoladi. Bola bu narsalarni allaqachon o‘rgangan va endi ular yangi narsalarni xohlashadi.

Bolaning  psixologik  rivojlanishi  yetakchi faoliyatga asoslanadi. Yetakchi faoliyat bolaning  shaxsiy va yoshiga bog‘liq xususiyatlarini shakllantirishda ishtirok etadi, bu boshqa narsalar qatorida til  o‘rganish  jarayoniga ta‘sir qiladi.

Bu shuni anglatadiki, agar maktabgacha yoshdagi bolaning  yetakchi faoliyati o‘yin bilan bog‘liq bo‘lsa, unda hamma narsani o‘yin o’ynash orqali o‘rganish kerak. Ammo o‘yin faoliyati boshqacha bo‘lishi kerak, ya’ni qoida tariqasida, rolli o‘yinlar oddiyroq  o‘yinlardan keyin keladi, masalan, ob‘ektlar bilan o‘ynash, xotira va e‘tiborni rivojlantirish uchun o‘yinlar. Biroq, 6 yoshda, bolalar ˮkattalarˮ kabi haqiqiy oʻquv  jarayoniga qiziqishni boshlaydilar; ular raqsga tushish va qoʻshiq aytishni zerikarli deb biladilar; ular alifbo va ingliz harflarini o’rganishga qattiq harakat qiladilar.

Kun kelib, agar ular maktabda  til oʻrganishni boshlasalar, boshqa oʻquv faoliyatidan  farqli oʻlaroq, oʻquv jarayoni oʻyin faoliyatiga asoslangan boʻlsa, ular ga qiziqarli boʻladi. Ular shunchaki oʻqish va yozish oʻrniga oʻynash, qoʻshiq aytish, multfilmlar tomosha qilish va darslarda jismoniy faol boʻlishlari qiziq.

Bularning barchasi bolalarda til oʻrganishga qiziqish uygʻotadi. Ammo shuni unutmaslik kerakki, maktab oʻquvchilari uchun yetakchi faoliyat – bu oʻrganish va ularning yangi narsalarga, jumladan, ingliz tiliga boʻlgan qiziqishi bolalarning rivojlanishi uchun taʻlim jarayoni shaklida berilishi kerak. Shuning uchun, biz doim bolalarimizga o‘zlari istagan mashg‘ulotni qilishlari uchun sharoit yaratishimiz va ularni qo‘llab-quvvatlashimiz kerak.

Abdunazarova Laylo.
O’zDJTU talabasi, Media va kommunikatsiya fakulteti talabasi

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

2 × four =