Bolalarni kitob o’qishga qiziqtiradigan «Dudlangan kolbasa» metodi haqida nimalar bilasiz?
Bir necha kun davomida bolaning yoshi, qiziqishiga mos, «ravon» tilda yozilgan asardan parcha o‘qib berasiz.
Kitob o’qish jarayoni zerikarli tus olmasligi uchun mutolaa jarayoni cho‘zilib ketmasligi kerak.
Qiziqarlisi, ma’lum vaqtdan keyin asarning rejadagi qismi tugagach, bolakay kitobdan yana bir parcha o’qib berishingizni xohlab qoladi!
Bu usul doimiy takrorlangandan so’ng, ko’p o’tmay bolada kitob mutolaasiga xohish refleksi hosil bo’ladi.
Bunda bolalarni illyustratsiyaga boy kitoblar bilan tanishtirib, keyin bir parchadan berib borasiz. Bolada kitob o’qishga ishtiyoq, qiziqish uyg’ongach, o’zi mustaqil kitoblar menyusini kengaytirishga harakatga tushib qoladi.