BUGUN, 20-IYUNDAN OTMLARI TASARRUFIDAGI AKADEMIK LITSEYLARGA QABUL BOSHLANDI

20.06.2019

Joriy yil 20 iyundan OTMlar tasarrufidagi akademik litseylarda 2019/2020 o‘quv yili uchun o‘quvchilarlardan hujjatlarini qabul qilish boshlandi, deb xabar bermoqda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati. 

Akademik litseylarda aniq, tabiiy, ijtimoiy-gumanitar fanlar va xorijiy tillar yo‘nalishlarida chuqurlashtirilgan ta’lim beriladi. 

Akademik litseylarda tashkil etilgan Maslahat kengashlariga o‘quvchilar, ularning ota-onasi yoki ota-onasining o‘rnini bosuvchi shaxslar quyidagilarni taqdim etadi:

  • ta’lim yo‘nalishi, o‘quv tili, shakli ko‘rsatilgan ariza (chet tilidan saralash imtihoni topshirish belgilangan yo‘nalishlarda arizada qaysi chet tilidan saralash imtihoni topshirish hamda saralash imtihonni o‘tkazish qoidalari bilan tanishganligi ko‘rsatiladi);
  • shaxsni tasdiqlovchi hujjat (tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma yoki pasport) nusxasi;
  • 3,5×4,5 sm o‘lchamdagi 6 ta rangli fotosurat.

Tanlovdan tashqari o‘qishga imtiyozli kirish huquqiga ega bo‘lgan xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar, musobaqalar g‘oliblari asl nusxadagi diplom, sertifikat, guvohnoma yoki boshqa tasdiqlovchi hujjatlarni topshiradilar.

Hujjatlarni qabul qilish 30 iyunga qadar davom etadi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

thirteen − seven =