Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova boshchiligidagi vazirlik delegatsiyasi Butunjahon ta’lim forumida ishtirok etishmoqda. Forum Buyuk Britaniyaning London shahrida tashkil etilgan bo’lib, unda butun dunyodan ta’lim vazirliklari delegatsiyalari qatnashishmoqda.
![](https://fledu.uz/wp-content/uploads/2023/05/photo_2023-05-08_14-14-18-1024x768.jpg)
Butunjahon ta’lim forumi:
– bugungi kundagi ta’lim sohasida mavjud muammolarga ijobiy yechim topish,
– yuzaga kelgan ta’lim va o‘quv masalalarida firk almashish,
– ta’lim jarayonidagi yangiliklar haqida taqdimotlar o‘tkazish,
– davlatlar tomonidan ta’limning turli xil yo‘nalishlaridagi muvaffaqiyatlar bilan bo’lishish uchun xalqaro maydon hisoblanadi.
![](https://fledu.uz/wp-content/uploads/2023/05/photo_2023-05-08_14-14-16-1024x768.jpg)
Ma’lumot o’rnida, Butunjahon ta’lim forumi an’anaviy tarzda har yili o’tkaziladi hamda ta’lim sohasidagi dunyoning eng nufuzli tadbirlaridan biri hisoblanadi.
Forum 10-maygacha davom etadi.
![](https://fledu.uz/wp-content/uploads/2023/05/photo_2023-05-08_15-01-13-1024x768.jpg)
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.