CABAR.ASIA MEDIAMAKTABIDAN ONLAYN MARAFON

26.10.2020

Ijtimoiy tarmoqlarda yuqori sifatli kontent yaratish uchun CABAR.asia mediamaktabi «Kilo Tarkib» nomli onlayn marafon tashkil qilmoqda. Marafon Markaziy Osiyoda mas’uliyatli va xolis inflyuyenserlarning yangi avlodini yaratishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir. Unda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistondan 18-30 yoshli media sohasi vakillari ishtirok etishadi.

Tadbir tashkilotchilari sifatli va xolis kontent yaratish masalasiga alohida e’tibor qaratishdi. U dezinformatsiyaga qarshi kurashishga xizmat qiluvchi va biz ilgari eshitmagan voqeliklarni hikoya qiluvchi kontent bo‘lishi lozim.

Marafondan nimalar kutilmoqda?

Endigina bloger bo‘lganlar uchun

Har kun uchun tayyor kontent- reja, juda ko‘p foydali ma’lumotlar va videodarsliklar.

Faol blogerlar uchun

Auditoriya ishonchini mustahkamlashga yordam beruvchi bilimlar va blog yuritish strategiyasi. Shuningdek, xolis va betaraf yozishni ta’minlash uchun faktcheking, ziddiyatli masalalar hamda gender sezuvchanlik bo‘yicha juda ko‘p foydali ma’lumotlar.

Jurnalistlar uchun

Agar siz kontentni professional darajada yaratsangiz-u, akkauntingizni rivojlantirishga vaqt topolmasangiz, biz shaxsiy blog yuritish strategiyasini aniqlash, sizning super kuchingizni topish va marafonning har bir kuni uchun kontent-reja tuzishda yaqindan ko‘mak beramiz.

Ro’yxatdan o’tish muddati: 2020-yil 2-noyabrgacha.

Batafsil: http://mediamarathon.cabar.asia/kilokontenta_uz

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

sixteen − 16 =