CHET TILLARI BO‘YICHA MALAKALI PEDAGOG KADRLARNI TAYYORLASH VA BILIMNI BAHOLASHGA BAG’ISHLANGAN TRENING O’Z ISHINI BOSHLADI

21.08.2024

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Britaniya Kengashining O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda “Umumta’lim maktablari uchun chet tillari bo‘yicha malakali pedagog kadrlarni tayyorlash” va “Bilimni baholash” mavzulariga bag’ishlangan treningga mezbonlik qilishmoqda.

Anjuman 2024-yil 21-24 avgust kunlari davom etishi rejalashtirilgan bo’lib, dasturda Britaniya Kengashining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mutaxassislari, , Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti va Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti vakillari, shuningdek, britaniyalik malakali mutaxassis-ekspertlar va vazirliklar hamda respublika oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etadilar.

Treningda ingliz tili oʻqituvchilarining uzluksiz kasbiy rivojlanishi va reflektiv amaliyot muhimligi, ularga oʻz oʻquv dasturlari, modullari va darslari orqali reflektiv amaliyotni amalga oshirishni rejalashtirish imkonini berish, loyiha rejalari va muddatlari, ta’lim muassasalari tarmogʻini mustahkamlash va yanada kuchli amaliyot hamjamiyatlarini yaratish borasida ma’lumot berilmoqda.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

13 + 12 =