CHET TILLARINI O`RGANISH UCHUN MNEMONIKA ZARURMI?

04.03.2022

Chet tillarini o`rganish hozirgi davr talabiga aylanmoqda. Yon atrofimizni kuzatsak deyarli o`zimizga notanish bo`lgan so`zlarni, ishalatayotgan buyum, jihoz yoki ko`chadagi reklama afishalarida ham ko`rishimiz mumkin.

Hamma narsaning qiyin va mashaqqatli tomoni bor. Ammo sizga qiyin yoki oson yo`l tanlash imkoniyati berilganda, albatta, siz oson bo`lgan tomonni tanlaysiz. Til o`rganishning ham o`ziga xos oson uslublari bor. Deyarli ko`pchilik til o`rganuvchilarda bor muammolardan biri yod olingan so`zlarni unutib qo`yish yoki suhbat davomida uni qo`llay olmaslik. So`z boyligi yetarli bo`lsagina biz o`rganayotgan tilimizda muloqot qila olishimiz mumkin.

Hozirgi kunda til o`rganuvchilarning aksariyati mnemonika metodikasidan foydalanishadi. Avvalambor, mnemonika o`zi nima?

What is Mnemonic | Explained in 2 min - YouTube

Mnemonika yunon tilidan “yodlash san`ati” degan ma`noni anglatadi. Mnemonika xotira faoliyatini yaxshilashga yordam beradigan qoidalar to`plami. Mnemonikaning g`oyasi murakkab bo`lgan ma`lumotlarni miyamizga oson eslab qolishga qaratilgan.

Bu jarayonda yangi noma`lum bo`lgan tushunchalar inson ongida oldin saqlanib qolgan ma`lumotlar bilan bog`lanadi va natijada ma`lumotni eslab qolish osonlashadi. Ma`lumotlarga ko`ra, qaysi tilda bo`lishidan qat`i nazar, kundalik muloqot uchun 1200-2000 ta so`zni bilish talab qilinadi.

Mnemonikaning asosiy uslublari

1. Yodlayotgan so`zlar bilan bog`liq yorqin tasvir, manzaralarni topish. Masalan, “gorgelous” – ajoyib, zo`r degan so`zni yodlayotganingizda, biror kun ob-havo yaxshi bo`lganini eslang va o`zingizga “The weather is gorgelous today” deb kimgadir aytganingizni tasavvur qiling.

2. Eslab qolinayotgan ma`lumotning bosh harflaridan mazmunga ega so`z va iboralar hosil qilish. Siz uchun qiyin bo`lgan ilmiy va uzun atamalarni ohangdosh so`zlar yordamida yodlash. Masalan “sweet”- shirinlik so`zini ingliz tilidagi “fruit “- meva so`ziga bog`laymiz. Hamda mevali shirinlik yeganingizni tasavvur qilib, shu so`zlarni eslab qolishga harakat qiling.

3. Tassavur kengligi. O`rganilayotgan ma`lumotni har doim tasavvur qilib uni qandaydir voqea bilan bog`lang.

Mnemonic: Definition and Examples | LiteraryTerms.net

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, mnemonika orqali so`z yodlash boshqa so`z yod olish usullaridan ancha samarali. Bu orqali so`z yod olishning eng qulay va unumli, muhimi siz xotirada tez saqlanib qoladigan uslublar orqali til o`rganishingiz mumkin.

Hilola Jumaniyazova
O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabasi

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

2 × one =