CHET TILLARNI O‘QITISH VA AMALIY TILSHUNOSLIK BO‘YICHA KONFERENSIYA O‘Z ISHINI BOSHLADI

27.09.2024

Jizzax davlat pedagogika universitetida chet tillarni o‘qitish va amaliy tilshunoslik bo‘yicha an’anaviy konferensiyasi (Foreign Language Teaching and Applied Linguistics – FLTAL) bo‘lib o‘tmoqda.

Anjuman “Ta’limni rivojlantirish strategiyasi: qadriyatlarga asoslangan taraqqiyot” mavzusiga bag’ishlandi.

Xalqaro va xorijiy ekspertlar, respublikamizdagi yetakchi oliy ta’lim muassasalari olimlari va ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashgan ushbu anjumanni Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori Sh.Sharipov ochib berdi.

Konferensiyada 22 ta davlatdan 100 dan oshiq olimlar ishtirok etishmoqda. Konferensiya ishiga dunyoning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan etakchi olimlar taklif etilgan bo’lib, ular orasida Buyuk Britaniyaning Oksford universiteti, London Universitet kolleji, Yangi Zelandiyaning Oklend universiteti, AQSHning Pensilvaniya davlat universitetlaridir.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

sixteen + 7 =