CHET TILLARNI O‘QITISH VA AMALIY TILSHUNOSLIK BO‘YICHA X XALQARO ILMIY EKSPERTLAR KONFERENSIYASI
18.12.2020«Ipak yo‘li» xalqaro turizm universiteti (SUIT), Pekin Xalqaro tadqiqotlar universiteti va Tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash markazi «Research Support Centre» bilan hamkorlikda 2020-yil 21-22-dekabr kunlari Chet tillarni o‘qitish va amaliy tilshunoslik bo‘yicha X xalqaro ilmiy ekspertlar konferensiyasini o‘tkazadi. Konferensiya «Ko‘p tilli shaxsning ijodiy salohiyati: chet tilini o‘rganish jarayoniga ko‘p tillilik omilining ta’siri to‘g‘risida» mavzusida bo’lib o’tadi.
2020-yilning 20-dekabrigacha bo‘lgan muddatda ma’ruzalar tezislarini o‘zbek, rus yoki ingliz tillarida konferensiyaning rasmiy veb-sayti http://e-science.uz/silk_road_uz orqali yuborish lozim.
Konferensiya to‘plamida nashr etilgan ilmiy tezislar GOOGLE SCHOLAR xalqaro bazasida indeksatsiyalanadi, har biriga alohida DOI raqam beriladi.
BATAFSIL: http://e-science.uz/silk_road_uz
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.