Chingiz Aytmatov qirg‘iz xalqining ulug‘ yozuvchisidir. Uning nomi XX asrda xalqaro miqyosda tan olingan jahon adabiyotining buyuk vakillari bilan bir safda turadi. Ayni vaqtda ko‘pdan-ko‘p taniqli adabiyotshunos olimlar uni L.N.Tolstoy, F.Dostoyevskiy, Folkner kabi adiblar qatoriga qo‘yadilar. Shu ma’noda u hayotlik chog‘idayoq mumtoz (klassik) adib degan yozuvchi uchun nihoyatda sharafli e’tirofga munosib bo‘lgan so‘z ustasidir.
2019-yil 12-dekabrda buyuk qirg‘iz yozuvchisi va jamoat arbobi Chingiz Aytmatov ijodiga bag‘ishlangan “Chingiz Aytmatovning badiiy olami” mavzusidagi bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbir roman-german filologiyasi, tarjimonlik va filologiya fakultetlarining iqtidorli va ijodkor talabalari tomonidan “Jahon adabiyoti” kafedrasi professor-o‘qituvchilari rahbarligida o‘tkazildi. Yozuvchining asarlari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot olib borgan olimlar: O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi Saydi Umirov, “Jahon adabiyoti” jurnali bosh muharriri Ahmadjon Meliboyev, adib asarlari tarjimoni Yoqubjon Xo‘jamberdiyev, O‘zbekistondagi qirg‘iz milliy madaniy markazi rahbari Rahmatullo Jabborovlarning fikr-mulohazalari tinglandi.
O‘zbek, ingliz, rus, qirg‘iz, fransuz, nemis, arab, koreys tillarida donishmand adib aforizmlari e’tirof etildi. Ingliz va fransuz tillarida qo‘shiq kuylandi. “Bolaligim” qissasida keltirilgan hajviy voqea asosida tayyorlangan sahna asari hammaga manzur bo‘ldi. Andijon polkasi va kavkaz milliy raqsi ijro etildi. Tadbir yakunida Jahon adabiyoti kafedrasi mudiri f.f.d., professor G.Xalliyeva talabalarningBA buyuk yozuvchi ijodiga qiziqishlarini yanada oshirishlarini ta’kidlab, tadbirda qatnashgan adabiyotshunos olimlar, universitet professor-o‘qituvchilari va talabalarga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.