DAVLAT TILIDA ISH YURITISH ASOSLARINI O‘QITISH VA MALAKA OSHIRISH MARKAZI O’ZBEK TILI BO’YICHA O’QUV KURSLARINI TAKLIF ETADI

12.10.2020

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi lotin yozuviga asoslangan yangi o‘zbek imlosi, o‘zbek adabiy tili me’yorlari, davlat tilida ish yuritishni o‘rganishga qiziqqan keng aholi qatlamini o‘quv kurslariga taklif etadi.

Shu bilan birga, o‘zbek tilini o‘rganishni istagan o‘zga millat vakillari uchun “Qiziqarli o‘zbek tili” kursi yo‘lga qo‘yilmoqda.

Mashg‘ulotlar 2 shaklda tashkil qilinadi:

– an’anaviy;

– masofaviy.

O‘quv kursini muvaffaqiyatli tamomlaganlarga davlat namunasidagi sertifikat beriladi.

O‘quv mashg‘ulotlari Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti homiyligida bepul tashkil qilinadi.

Manzilimiz: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Yusuf Xos Hojib ko‘chasi, 103-uy.

Murojaat uchun telefon raqamlari: (93) 603-77-76, (91) 142-11-31

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

fourteen − five =