DBA – “HELVETAS SWISS INTERCOOPERATION”: MEMORANDUM DOIRASIDA HAMKORLIK YO’NALISHLARI BELGILAB OLINDI

15.03.2024

Davlat boshqaruvi akademiyasi hamda Shveysariya hukumatining “HELVETAS SWISS INTERCOOPERATION” mustaqil tashkilotini O‘zbekistondagi vakolatxonasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Memorandum doirasida ta’limga oid quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlik qilish belgilandi:

2024-2025 yillarda professional ta’limni rivojlantirish bo‘yicha faoliyat olib boruvchi 150 nafar rahbar va mutaxassislarning gender tengligi hamda yashil iqtisodiyot bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari oshiriladi.

Hamkorlikda professional ta’limda boshqaruvni rivojlantirish bo‘yicha seminar va konferensiyalar tashkil etiladi.
O‘quv-metodik materiallar tayyorlash va o‘qitishning zamonaviy texnologiyalari va ilmiy yangiliklar almashinuvi yo‘lga qo‘yiladi.

Ma’lumot uchun: «Helvetas Swiss Intercooperation» rivojlanayotgan mamlakatlarga beg‘araz yordam berish maqsadida 1955 yilda tashkil etilgan.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

3 × 1 =