DIQQAT, MAGISTRATURAGA QABUL BOSHLANDI!

02.07.2020

2020-yil 1-iyuldan Respublika oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga qabul qilish uchun hujjatlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni boshlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-iyundagi PQ-4749-son qaroriga muvofiq 2020/2021-o‘quv yili uchun davlat OTMlarining magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy veb-sayti orqali amalga oshiriladi. 

Veb-sayt: http://magistr.edu.uz 

Eslatma: Magistraturaga qabul Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan koronavirus pandemiyasi sharoitidan kelib chiqib, on-layn test o‘tkazish orqali O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan belgilangan davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida qabul parametrlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Magistraturaga kirish sinovlari tarkibiga (xususan, mutaxassislik fanlari bo‘yicha kirish sinovlari tarkibiga) tegishli mutaxassisliklar sohalarida talabgorlarni ilmiy-pedagogik layoqati (yoki ilm olish qobiliyati)ni aniqlash bo‘yicha test savollari ham kiritiladi.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev huzurida 2020-yil 30-aprel kuni o‘tkazilgan yig‘ilishning 28-sonli bayoni 5-bandida belgilangan vazifalar.

3 Comments so far

Jump into a conversation
  1. SHAXRIYOR ESHBOYEV
    #1 SHAXRIYOR ESHBOYEV 5 Iyul, 2020, 09:10

    ko’pchilik joylarda sayt ishlamaydi. 2 kun lekin saytga telefonlarda ham kompyuterlarda ham saytga kirib bo’lmayabdi. iltimos saytni qayta ko’rib chiqinglar. masullar nimaga qarayabdi?

    Reply this comment
  2. Суръат
    #2 Суръат 14 Iyul, 2020, 11:57

    Бир пайти узида бир нечта олий укув юртларига магистиратура боскичига руйхатдан утса буладими

    Reply this comment
  3. Talant
    #3 Talant 23 Iyul, 2020, 15:49

    Sayt qotib ishlamayapdi bir necha kundan beri soatlab urinaman, hamma ma‘lumotlarni aniq va to‘g‘ri kigizsam ham, xato deydi yoki yuklanyapti deb aylanib turuvradi soatlab. Bu noqulaylikni bartaraf etishsa yaxshi bo‘lardi

    Reply this comment

Javobni bekor qilish uchun bosing.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

one + fifteen =