DIQQAT! OʻQUV QOʻLLANMALARINGIZNI INDEKSATSIYALANISHI UCHUN YANGI IMKONIYAT!

22.02.2023

Oʻquv-uslubiy qoʻllanma, ilmiy ishlanma, darslik va monografiyalaringiz xalqaro indekslarga ega boʻlishini istaysizmi?   

Iqtiboslilik darajasi (цитирование) ortishini, alohida QR-kodga ega boʻlishini-chi?

Unda quyida sizga taqdim etmoqchi boʻlgan takliflarimiz aynan siz uchun! 

Fledu.uz – “Oʻzbekistonda xorijiy tillar” nomli ilmiy-metodik elektron jurnal va Internet portalidan yana bir imkoniyat — endilikda sizning ijtimoiy-gumanitar sohadagi ilmiy ishlanmalar, oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar, darslik va monografiyalaringiz onlayn muhitda turli xalqaro indekslar (DOI, Google scholar)ga ega boʻlish imkoniyati mavjud.    

Portalning maxsus sahifasida joylashtiriladigan materiallaringizga DOI raqami beriladi, bu esa Google scholarda indeksatsiyalanish va uning iqtiboslilik darajasini oshirishga yordam beradi. Shuningdek, siz yaratgan resurslar yanada kengroq auditoriyaga yetib borishi ta’minlanadi.

Har bir nashr uchun alohida QR-kod taqdim etiladi.

Resurslar fledu.uzning asosiy saytida joylashtiriladi.

Murojaat uchun korporativ telegram manzilimiz bilan bogʻlanishingiz mumkin: https://t.me/FleduUz

Izoh: tegishli tartibda rasmiylashtirilib, tasdiqlangan resurslargina (pdf koʻrinishida taqdim etilishi lozim) e’lon qilinadi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

fifteen − 2 =