Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti xalqaro jurnalistika fakulteti bazasida Oʻzbekistonda ilk marta “MADANIYATLARARO KOMMUNIKATSIYANING LINGVISTIK TAʼMINOTI” bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha abituriyentlar qabul qilinadi.
Jahonning AQSH, Angliya, Xitoy, Janubiy Koreya, Rossiya singari davlatlari OTMlarida “Madaniyatlaroaro kommunikatsiyaning lingvistik taʼminoti” taʼlim yoʻnalishi boʻyicha kadrlar tayyorlanadi. Siz mazkur yoʻnalishni tugatib:
- MEDIAANALITIK;
- TARJIMON-MUHARRIR;
- MEDIALINGVIST;
- XALQARO JURNALIST;
- MEDIATOR;
- NOSHIR, ADABIY XODIM;
- MEDIAPEDAGOG;
- MADANIYATSHUNOS SIFATIDA FAOLIYAT YURITISHINGIZ MUMKIN.
Shuningdek, “DAVLAT VA NODAVLAT TUZILMALARIDA AXBOROT XIZMATI” bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha ham abituriyentlar qabul qilinadi. Siz mazkur yoʻnalishni tugatib:
- MILLIY VA XALQARO OAV TIZIMLARIDA;
- AXBOROT XIZMATLARIDA;
- PR VA REKLAMA AGENTLIKLARIDA;
- INTERNET TIZIMIDA JURNALIST, BLOGGER SIFATIDA FAOLIYAT YURITISHINGIZ MUMKIN.
Darvoqe, universitetda
asosiy va ikkinchi til sifatida ingliz, koreys,
xitoy, turk, arab, nemis, yapon, malay, ispan, indonez, fransuz kabi tillar o’qitiladi.
Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang. Biz sizni kutamiz!!!
Murojaat uchun (“call center”) telefonlar:
(95) 144-86-85, (71)230-13-72, (95)144-99-07
2 Comments so far
Jump into a conversationAjoyib yoʻnalish ochilibdi Albatta topshiraman!!! Tashkilotchilarga rahmat
Bu yo’nalish menga juda yoqdi. Qaysi fanlar kerak (bloklari) bu yo’nalishga topshirish uchun shu haqida ham ma’lumot berolmesizlarmi