DIQQAT! O‘zDJTUDA O‘ZBEKISTONDA YAGONA BAKALAVRIAT TA’LIM YO‘NALISHI OCHILDI

22.06.2019

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti xalqaro jurnalistika fakulteti bazasida Oʻzbekistonda ilk marta “MADANIYATLARARO KOMMUNIKATSIYANING  LINGVISTIK TAʼMINOTI” bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha abituriyentlar qabul qilinadi.

Jahonning AQSH, Angliya, Xitoy, Janubiy Koreya, Rossiya singari davlatlari OTMlarida “Madaniyatlaroaro kommunikatsiyaning lingvistik taʼminoti” taʼlim yoʻnalishi boʻyicha kadrlar tayyorlanadi. Siz mazkur yoʻnalishni tugatib:

  • MEDIAANALITIK; 
  • TARJIMON-MUHARRIR;
  • MEDIALINGVIST;
  • XALQARO JURNALIST;
  • MEDIATOR;
  • NOSHIR, ADABIY XODIM;
  • MEDIAPEDAGOG;
  • MADANIYATSHUNOS SIFATIDA FAOLIYAT YURITISHINGIZ MUMKIN.

Shuningdek, “DAVLAT VA NODAVLAT TUZILMALARIDA AXBOROT XIZMATI” bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha ham abituriyentlar qabul qilinadi. Siz mazkur yoʻnalishni tugatib:

  • MILLIY VA XALQARO OAV TIZIMLARIDA;
  • AXBOROT XIZMATLARIDA; 
  • PR VA REKLAMA AGENTLIKLARIDA;
  • INTERNET TIZIMIDA JURNALIST, BLOGGER SIFATIDA FAOLIYAT YURITISHINGIZ MUMKIN.

Darvoqe, universitetda asosiy va ikkinchi til sifatida ingliz, koreys, xitoy, turk, arab, nemis, yapon, malay, ispan, indonez, fransuz kabi tillar o’qitiladi. Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang. Biz sizni kutamiz!!!

Murojaat uchun (“call center”) telefonlar:
(95) 144-86-85, (71)230-13-72, (95)144-99-07

2 Comments so far

Jump into a conversation
  1. Sevinch
    #1 Sevinch 25 Iyun, 2020, 14:15

    Ajoyib yoʻnalish ochilibdi Albatta topshiraman!!! Tashkilotchilarga rahmat

    Reply this comment
  2. Feride
    #2 Feride 11 Oktabr, 2020, 16:23

    Bu yo’nalish menga juda yoqdi. Qaysi fanlar kerak (bloklari) bu yo’nalishga topshirish uchun shu haqida ham ma’lumot berolmesizlarmi

    Reply this comment

Javobni bekor qilish uchun bosing.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

nineteen − thirteen =