“DIRECTLOOK/21” TANLOVI UCHUN ARIZALAR QABULI BOSHLANDI

30.04.2021

Saxarov markazi qoshidagi FOTODOC hujjatli fotografiya markazi “Directlook/21” 7-xalqaro fototanlovini e’lon qiladi.

Tanlov mavzusi insonning jamiyat va davlat bilan o’zaro munosabatlari muammolari, shuningdek, ushbu muammolarni hal qilish yo’llariga bag’ishlanadi. Asosiy maqsad — mustaqil jurnalistikani rivojlantirish va ommalashtirishga ko’maklashish, inson bilan jamiyat va davlat o’rtasidagi munosabatlar muammolarini o’rganuvchi mualliflarni qo’llab-quvvatlash, inson qadr-qimmatini hurmat qilish va himoya qilish nuqtai nazaridan yaratilgan loyihalarni qo’llab-quvvatlashdan iborat.

Har bir nominatsiya bo’yicha birinchi o’rinni egallagan 3ta muallif 30 000 rubl miqdorida pul mukofotlarini oladi. G’oliblar ishlari 2021-yil oktyabr oyida ko’rgazmada namoyish etiladi.

Arizalar 2021-yil 1-iyungacha ingliz tilida qabul qilinadi. Tanlovda ishtirok etish bepul.

Fototanlov haqida batafsil: https://directlook.fotodoc.center/ru/news/detail/29/

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

13 − 9 =