DUNYONING ENG YOSH TILLARIGA NAZAR: YANGI TILLAR

20.09.2022

Tillar ham  jamiyatga o‘xshab vaqt o‘tishi bilan rivojlanib boradi, o‘z ko‘rinishiga ega bo‘lishi uchun asrlar sinovidan o‘tadi. Albatta, bizning davrimizdagi ingliz tili Shekspir davridagi ingliz tilidan sezilarli darajada farq qiladi. Jahonning ko‘plab ustun tillari bilan allaqachon tanishmiz, lekin dunyo bo‘ylab yangi, kamroq ma’lum bo‘lgan tillar ham mavjud. Bugun biz siz bilan dunyodagi eng yangi tillarni ko‘rib chiqamiz.

Yengil Varlpiri

Varlpirilar Avstraliya shimolidagi Tanami cho‘li yaqinida yashovchi mahalliy xalqdir. Ularning tilidan faqatgina 4000 ga yaqin so‘zlovchilar foydalanadi va hozirda bu til yo‘qolib ketish xavfi ostida. Shuning uchun varlpirilarning bir kichik guruhi yaqinda ingliz, varlpiri va kriol (boshqa mahalliy dialekt) elementlarini birlashtirib, tilning yangi versiyasini yaratishdi. Yangi “aralash” til “Light Warlpiri” nomi bilan tanilgan. Valpirilarning 70-80-yillarda ingliz tilida so’zlashuvchi jamoalar bilan o‘zaro aloqalari ingliz tilini kundalik hayotlariga kiritishga olib keldi. Bu til shu qadar yoshki, eng keksa so‘zlovchilar atigi 35 yoshda.

Esperanto

1887-yilda yaratilgan esperanto dunyodagi eng ko‘p gapiriladigan til boʻlib, o‘zining taxminan 2.000.000 faol va ravon soʻzlashuvchilariga ega. U shifokor va tilshunos L.L.Zamenxof tomonidan oʻrganish oson va siyosiy jihatdan neytral til boʻlishi uchun yaratilgan. Bu Yevropa, Sharqiy Osiyo va Janubiy Amerikada eng keng tarqalgan til. Esperanto grammatikasining birinchi kitobi 1887-yilda nashr etilgan va 1905-yilda esperanto tilida so‘zlashuvchilarning birinchi jahon kongressi bo‘lib o‘tgan. Esperanto tili hech qaysi davlatda rasmiy til bo‘lmasa-da, uning mashhurligi XX asr o‘rtalaridan boshlab ancha oshdi.

Afrikans

Golland, nemis, ingliz, portugal, fransuz, bantu, xoysan va malay tillari aralashmasi, afrikaans Janubiy Afrikaning rasmiy tillaridan biri bo‘lib, Namibiya, Botsvana va Zimbabveda ham ushbu tilda so‘zlashiladi. Bu til XVIII asrda Janubiy Afrikada rivojlangan. U XX asrning o‘rtalaridayoq “iste’mol tili” yoki “iste’moldagi golland tili” deb atalgan. 1856-yilga kelib bu tilda nashr etilgan matnlar paydo bo‘la boshladi. 1925-yilda afrikaans Janubiy Afrika hukumati tomonidan haqiqiy til deb tan olindi. Bugungi kunda 7 millionga yaqin aholi bu tilni o‘z ona tiliga aylantirgan.

Lingala

XIX asrgacha, Kongo erkin davlat bo‘lgunga qadar lingala hatto til sifatida ham tan olinmas edi. Hududni bosib olgan Belgiya qo‘shinlari tijorat maqsadlarida mahalliy tillarni soddalashtira boshladi. Fransuz, portugal, ingliz va golland tillari yangi tilga ta’sir qiladi. U turli tillarda yoki lahjalarda gaplashadigan mahalliy qurolli kuchlar a’zolari uchun “lingua fransa” yoki ko’prik til bo‘lib xizmat qiladi. Bu tilda so‘zlashuvchilarning aksariyati Afrikaning markaziy qismida, ayniqsa, Kongo Demokratik Respublikasi, Kongo Respublikasi, Angola va Markaziy Afrika Respublikasida istiqomat qiladi. Lingala birinchi marta 1903-yilda nashr etilgan.

Guniyandi

Atigi 100 ta so‘zlovchi va kam sonli bolalar tomonidan foydalanilayotgan guniyandi avstraliyalik aborigenlarning yana bir yangi tilidir. Guniyandi funksional grammatikasi boʻyicha matn yozgan Vilyam Makgregor 1982-yilgacha tilni matnda xronika qilgan edi. Ma’ruzachilar 1984-yilda lotin alifbosiga asoslangan alifbosini yaratishgach bu til dunyodagi eng yosh yozma tillardan biriga aylandi.

Sizning ona tilingiz necha yoshda? Qaysi til(lar)da so‘zlashishni afzal ko‘rasiz? Yangi tillar yaratilishi haqida fikringiz qanday? Qaysi yangi til sizda qiziqish uyg‘otdi?  

Manba

Muhammad Olim Nuriyaxonim Ulug‘bek qizi
O‘zDJTU, Media va kommunikatsiya fakulteti talabasi

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

5 × two =