«El-yurt umidi» jamg‘armasi navbatdagi stipendiyalar saralash tanlovi boshlanganini e’lon qildi
24.02.2019O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “El-yurt umidi” jamg‘armasi navbatdagi stipendiyalar saralash tanlovi boshlanganligini e’lon qildi.
“El-yurt umidi” jamg‘armasi tanlov komissiyasi xabariga ko‘ra, saralash tanlovi quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha bo‘lib o‘tadi: “Fan va ilmiy-tadqiqotlar”, “Sog‘liqni saqlash”, “Davlat boshqaruvi” va “Iqtisodiyotning istiqbolli tarmoqlari”.
Jamg‘arma Vasiylik kengashi qaroriga muvofiq, respublikaning barcha hududlardagi nomzodlar uchun bir xil va qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida, stipendiya tanloviga nomzodlardan hujjatlar jamg‘armaning www.eyuf.uz internet manzili orqali on-line tarzda elektron shaklda qabul qilinadi. Hujjatlar qabul qilish joriy yil 20 fevraldan 20 martga qadar amalga oshiriladi.
“El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiya tanlovlari tartibi, qoidalari va saralash tanlovi o‘tkazish jarayonlari to‘g‘risida ma’lumotlar muntazam ravishda jamg‘armaning www.eyuf.uz sayti orqali berib boriladi. Aksariyat tez-tez so‘raladigan savollarga jamg‘arma saytida javoblar muntazam joylashtirib boriladi.
Manba: kun.uz
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.