«EL-YURT UMIDI» JAMG’ARMASI 2022-YILGI 3-STIPENDIYA TANLOVINI E’LON QILADI!

15.09.2022

«El-yurt umidi» jamg’armasi 2022-yilgi 3-stipendiya tanlovini e’lon qiladi.

Tanlov 226 o’ringa mo’ljallangan bo’lib, bakalavriat ta’lim dasturi uchun 34 o’rin, magistratura uchun 95 o’rin, doktorantura uchun 97 o’rin stipendiyalar ajratiladi.

«El-yurt umidi» jamg’armasi tanlovida nomzodlar O’zbekiston Respublikasi uchun eng ustuvor sohalar, jumladan:

– kosmik texnologiyalar, nanotexnologiyalar, IT va raqamlashtirish, sun’iy intellekt sohalari;

– atom va quyosh energetikasi hamda energiyaning tiklanadigan manbalaridan foydalanishning boshqa innovasion yo’nalishlari;

– sog’liqni saqlash, farmasevtika, telemedisina, virusologiya, mikrobiologiya, immunologiya sohalari;

– elektroenergetika, neft-gaz, neft-kimyo, kimyo, metallurgiya sohasining ustuvor tarmoqlari;

– mashinasozlik, avtomobil, elektrotexnika, to’qimachilik va mahsulotlarni standartlashtirish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish kabi muhim mutaxassisliklar bo’yicha ishtirok etadilar.

Nomzodlarning hujjatlari 2022-yil 20-sentyabrdan 20-oktyabrga qadar respublikaning barcha hududlari vakillari uchun yagona tartib va teng imkoniyatlar asosida onlayn rejimda va elektron tarzda qabul qilinadi.

Saralash bosqichlari 2022-yil 20-oktyabrdan 20-noyabrga qadar davom etadi.

Nomzodlar uchun barcha zarur ma’lumotlar Jamg’armaning onlayn hujjat topshirish platformasida batafsil yoritib berilgan: http://admission.eyuf.uz

Tanlovda g’olib bo’lgan nomzodlarning xorijiy universitetlarda ta’lim olishlari uchun barcha xarajatlar jamg’arma tomonidan qoplab beriladi.

«El-yurt umidi» jamg’armasi yurtimizning umidi, ishonchi va tayanchi bo’lgan siz yoshlarni o’z tanlovlarida kutib qoladi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

three + sixteen =