ENG GO‘ZAL VA ENG QULAY MAMLAKATLARDA O‘QISHNI ISTAYSIZMI?

24.05.2023

Hozirgi kunda talabalarning xorijiy davlatlarda tahsil olish talabi ortib bormoqda. Lekin “Qayerda va qaysi mamlakatni tanlash kerak?” degan savollarda biroz ikkilanishlar bo‘ladi. Sizlarga 2023-yildagi ENG CHIROYLI VA YUQORI SIFATLI TA’LIM BERADIGAN xorijiy davlatlarni keltirib o’tamiz.

Chet elda o‘qish uchun eng yaxshi joylar reytingi ushbu 7 omilning har biri uchun bir nechta statistik ko‘rsatkichlarga asoslanadi:

  • Yuqori sifatli o’qitish.
  • Karyera maqsadlariga erishish.
  • Shaxsiy rivojlanish.
  • Madaniyat va turmush tarsi.
  • Yangi do’stlar orttirish imkoniyatlari.
  • Til o’rganish.
  • Sarguzasht.

Xorijda o‘qish uchun dunyodagi eng yaxshi 5 ta mamlakat

№5 – FRANSIYA

🌍 Yevropada 2-o’rin

🎒 Sarguzasht — dunyoda 2-o’rinda

🏰 Madaniyat va turmush tarzi — dunyoda 3-o’rinda

  La République française – bu haqiqatan ham tarixga qiziquvchilar uchun cremè de la cremè (yaxshilardan eng yaxshisi) Fransiyaning istalgan shahri yoki shaharchasida bir necha asrlar davomida badiiy va me’moriy joylarni ko‘p uchratasiz. Elzas mintaqasidagi maftunkor  qishloqlari, Mont Sen-Mishelning ajoyib manzarasini ko’zingizni quvnatadi. Bir so‘z bilan aytganda, madaniyat sizning qo’lingizda!  Shunday qilib, agar siz o’zingizni Notr-Dam ibodatxonasi ortida quyosh botishini tomosha qilayotganingizni yoki Provansning lavanda dalalarida sayr qilayotganingizni ko’rsangiz, Fransiyani xorijda o’qish uchun dunyodagi eng yaxshi joylardan biri, deb bilasiz.

№4 Kanada

🌍 Shimoliy Amerikada 2-o’rinda

💬 Til o’rganish — dunyoda 4-o’rinda

👨‍💼 Karyera maqsadlariga erishish — dunyoda 6-o’rinda

Keng tabiat mo’jizalari bilan tanilgan Kanadaning rang-barang landshafti tengsizdir. Toshli qirg’oqlar, qorli tog’lar, o’rmonli ko’llar va arktik muzliklardan iborat bu mamlakat sizning e’tiboringizdan chetda qolmaydi. Ikki tilli davlat sifatida fransuz va ingliz tillari keng tarqalgan va bu Kanadani chet elda yangi til o’rganish uchun eng yaxshi mamlakatlardan biri hisoblanadi. Qaysi tilda bo’lishidan qat’iy nazar, bu yerda sizni samimiy  va do’stona tabassumlar bilan kutib olishadi. Vankuver, Toronto va Monrealning kosmopolit shaharlari va Banff, Whistler va Galifaksning jozibali muhitidan rohatlanasiz. 

№3 –  Amerika Qo’shma Shtatlari

🌍 Yevropada 1-o’rin

🎓 Yuqori sifatli o’qitish — dunyoda 3-o’rinda

👨‍💼 Karyera maqsadlariga erishish — dunyoda 3-o’rinda

Atlantikadan Tinch okeanigacha bo’lgan Qo’shma Shtatlar turli xil landshaftlar, submadaniyatlar va tarixlarga mezbonlik qiladi, ularni o’rganishdan hech qachon zerikmaysiz. O’rmonli tog’larni, aylanma tekisliklarni, yorqin qirg’oqlarni ko‘rib hayratda qolasiz. Las-Vegas, Mayami yoki Gonoluluga tashrif buyursangiz, siz cheksiz o’yin-kulgi joylarini topasiz. Agar siz taomlarni rohat bilan iste’mol qiluvchilardan bo’lsangiz, bu yer aynan siz uchun ekanligini unutmang. Kaliforniyadagi eng mazali tacosni qidiring, janubda qovurilgan tovuqni iste’mol qiling va Chikago hamda Nyu-York o’rtasidagi pizza raqobatini ta’tib ko‘rishga imkon toping. 

№2 – Avstraliya

🌍 Okeaniyada 1-o’rin

🎓 Yuqori sifatli o’qitish — dunyoda 2-o’rinda

🌊 Madaniyat va turmush tarzi — dunyoda 5-o’rinda

Avstraliya xalqaro talabalar uchun eng yaxshi davlatlar ro’yxatida ikkinchi o’rinda turadi. 20 ta YUNESKOning Butunjahon merosi obyektlari va turli xil madaniyatlar jamlanmasi bilan kashf qilish uchun juda ko’p  narsalar bor. Daintreedagi dunyodagi eng qadimgi yomg’ir o’rmoni, Broomedagi qizil qum sohillari , firuza suvlarini  va Buyuk Okean yo’li bo’ylab ohaktosh qoyalariga maftun bo’lasiz. Shunday qilib, Avstraliyada o‘qish jarayonidan tashqari ko‘p joylarga sayohat qilishingiz mumkin va quyosh nurlaridan bahramand bo‘ling!

№1 – Buyuk Britaniya

🎓 Yuqori sifatli o’qitish — dunyoda 1-o’rin

👩‍💼 Karyera maqsadlariga erishish — dunyoda 4-o’rinda

🏰 Madaniyat va turmush tarzi — dunyoda 6-o’rinda

Buyuk Britaniya 2023-yilda chet elda o’qish uchun dunyodagi eng yaxshi yo’nalish sifatida birinchi o’rinni egalladi. Dunyoning eng nufuzli universitetlari joylashgan bo’lishiga qaramay, yuqori sifatli ta’limdan tashqari ko’p ajoyibotlarning guvohi bo‘lishingiz mumkin. XXI asr zamonaviyligi bilan bir qatorda, asrlik tarixning qiziqarli joylari bir  joyda joylashgandek. Tasavvur qiling-a, Londonning o’rtasida Stounxenj xarobalari bo’ylab sayr qilganingizdan so’ng choy ichib, tushdan keyin jahon miqyosidagi muzeylarni aylansangiz ma’naviy tafakkuringiz yanada kengayadi. Angliya va Uelsning qir-adir qishloqlari, Shotlandiyaning baland tog’lari va Shimoliy Irlandiyaning geologik mo’jizalari sizni o’qishdan tashqarida band qilish uchun yetarli o’ladi. Buyuk Britaniya nima uchun bu yil chet elda o’qish uchun eng yaxshi davlatlar ro’yxatida birinchi o’rinni egallashini bilish uchun sayohatingizni rejalashtirishni boshlang!

Saida Sabirova,
O‘zDJTU Media va kommunikatsiya fakulteti 2-bosqich talabasi tarjimasi

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

13 + 9 =