“ENG ULUG‘, ENG AZIZ” KO‘RIK TANLOVI E’LON QILINDI

22.07.2019

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti  Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi, “O‘zbekkino” milliy agentligi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi mamlakatimiz mustaqilligining yigirma sakkiz yilligiga bag‘ishlangan “ENG ULUG‘, ENG AZIZ” an’anaviy ko‘rik-tanlovini e’lon qiladi.

Tanlovga “Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon!” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan va 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi, shuningdek, “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” davlat dasturi, “Obod qishloq”, “Obod mahalla”, “Har bir oila – tadbirkor”, “Yoshlar – kelajagimiz”, “Besh ijobiy tashabbus” kabi muhim dastur va rejalar doirasida olib borilayotgan tub islohotlarni keng yorituvchi ijodiy asarlar qabul qilinadi.

“Eng ulug‘, eng aziz” an’anaviy ko‘rik-tanlovi quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi:

  • yozuvchi va shoirlarning badiiy asarlari;
  • bosma OAV xodimlarining jurnalistik ishlari;
  • ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan veb-saytlardagi internet-jurnalistika materiallari;
  • televideniye va radio ijodkorlarining materiallari;
  • tasviriy san’at, foto asarlari va dizayn ishlari;
  • kino san’ati asarlari.

Ko‘rik-tanlovga taqdim etilgan ijodiy ishlarga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi lozim:

  • muallif va uning professional faoliyati to‘g‘risida qisqacha ma’lumot;
  • muallifning pasport nusxasi;
  •  ish joyidan tavsiyanoma;
  • muallifning manzili va bog‘lanish telefonlari.

Ko‘rik-tanlovga 2018 yilning 1 avgustidan 2019 yilning 1 avgustigacha bo‘lgan davrda rasman chop etilgan adabiy-badiiy asarlar, gazeta-jurnallar va internet nashrlarida e’lon qilingan maqolalar, radio va telekanallarda efirga uzatilgan materiallar, namoyish etilgan tasviriy san’at va kino san’ati asarlari joriy yilning 5 avgustiga qadar qabul qilinadi.

Ko‘rik-tanlov g‘oliblari Vatanimiz mustaqilligining yigirma sakkiz yillik bayrami arafasida taqdirlanadilar va ularning ro‘yxati matbuotda e’lon qilinadi.

Ijodiy ishlar “Eng ulug‘, eng aziz” ko‘rik-tanloviga deb ko‘rsatilgan holda quyidagi manzillarga yuborilishi lozim:


100011, Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 30-uy. O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi, “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi, telefonlar: 71 244-35-35; 71 244-64-61, 71 244-27-79;

100066, Toshkent shahri, Bunyodkor ko‘chasi, Adiblar xiyoboni. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, telefon: 71-231-83-67;

100115, Toshkent shahri, Chilonzor ko‘chasi 1-A uy. “O‘zbekkino” milliy agentligi, telefon: 71 277-81-05.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

six + twelve =