ENGLISH FOR SCIENCE – O‘ZBEKISTON TADQIQOTCHI-OLIMLARI UCHUN BEPUL AKADEMIK INGLIZ TILI DASTURI
01.03.2021Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi 200 nafar O‘zbekistonlik tadqiqotchi olimlar uchun bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan bepul akademik ingliz tili dasturini amalga oshirmoqda.
Loyihaning asosiy maqsadi:
– yetakchi ilmiy ma’lumotlar bazalarida mahalliy olimlar tomonidan chop etiladigan maqolalar sifati va miqdorini oshirish;
– tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish uchun xorijiy moliyalashtirish manbalarini (grantlarini) izlashdagi faolligini oshirish.
– yetakchi ilmiy-texnik ma’lumotlar bazalaridan (Web of Science, Scopus Springer, Wiley va boshqalar) foydalanish ko‘rsatkichini oshirish.
Dasturda ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘ting: https://forms.gle/6NjeAsH3RgWKrwi46
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.