ENGLISH SPEAKING NATION: SECONDARY TEACHER TRAINING DASTURI UCHUN ARIZALAR QABULI DAVOM ETMOQDA

12.11.2020

Joriy yilning oktyabr oyida English Speaking Nation: Secondary Teacher Training (ESN:STT) dasturi Oʻzbekistonning barcha hududlarida Xalq taʼlimi vazirligining xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va malaka oshirish markazlariga tashrif buyurib, davlat maktablarida ishlayotgan dasturga qiziquvchi ingliz tili oʻqituvchilaridan arizalar qabul qildi.

Bugungi kunga qadar dasturda qatnashish uchun 1500 nafardan ortiq oʻqituvchi ariza topshirdi.

Barcha mezonlarga javob beruvchi yarim finalchilar standartlashtirilgan institutsional TOEFL testidan oʻtadi, test oʻqituvchilarning ingliz tili koʻnikmalarini baxolaydi. Nomzodlar uchun test mutlaqo bepul boʻlib, u Amerika Kengashlari tomonidan boshqariladi va saralash jarayonining bir qismi hisoblanadi. ESN: STT finalchilari Amerikada xolis saralash qoʻmitasi tomonidan tanlab olinadi.

Hurmatli oʻqituvchilar, imkoniyatni qoʻldan boy bermang!

Dasturda ishtirok etishni istasangiz https://www.esn-teachers.org/a… orqali 2020-yilning 30-noyabr kuni soat 17:00ga qadar onlayn ariza topshirishingiz mumkin.

English Speaking Nation: Secondary Teacher Training (ESN:STT) – Ingliz tilida soʻzlashadigan millat: umumtaʼlim maktab oʻqituvchilari malakasini oshirish dasturi Oʻzbekistondagi AQSH elchixonasi, Xalqaro taʼlim boʻyicha Amerika Kengashlari va Xalq taʼlimi vazirligi bilan hamkorlikda ishga tushirilgan boʻlib, Oʻzbekistondagi ingliz tili oʻqituvchilarining kasbiy rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratishga qaratilgan.

Uch yillik loyiha davomida 15.000 nafar ingliz tili oʻqituvchilari ESN: STT malaka oshirish seminarlari va tadbirlarida ishtirok etadi. Bundan tashqari, oʻqituvchilar TESOL Asosiy Sertifikat dasturida ishtirok etib, muvaffaqiyatli tamomlaganidan soʻng sertifikatni bepul qoʻlga kiritadi. Ushbu xalqaro eʼtirof etilgan oʻquv sertifikati bir kishi uchun 2000 AQSH dollari qiymatida baholangan.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

fifteen − 8 =