ERASMUS+ ECAMPUZ LOYIHASINING TARG’IBOT SESSIYASIDA ISHTIROK ETING!

04.09.2024

Oʻzbekiston Milliy Erasmus+ ofisi sizni davom etayotgan «Erasmus+ ECAMPUz» loyihasi uchun bo‘lib o‘tadigan onlayn targ‘ibot sessiyasiga taklif etadi!

Ushbu sessiya Erasmus+ loyihasini targ‘ib qilish, eng yaxshi tajribalarni bo‘lishish, loyiha amalga oshirilishi davomida duch kelgan qiyinchiliklarni ECAMPUz loyihasi rahbari tomonidan muhokama qilish va loyiha ishtirokchilari olgan foydali tajribalarni ulashishga qaratilgan.

Tadbir Erasmus+ Oliy ta’limda salohiyatni oshirish (CBHE) loyihalarining xususiyatlarini namoyish etishga, shuningdek, ECAMPUz loyihasi haqida batafsil ma’lumotlarni taqdim etishga qaratiladi.

Tadbir 11-sentabr kuni 15:00 da bo‘lib o‘tadi.
Iltimos, ishtirokingizni tasdiqlash uchun quyidagi ro‘yxatdan o’tish formasini to‘ldirishingizni so’raymiz:

Roʻyxatga olish formasi

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

10 − seven =