EYJIZM VA TANQIDIY FIKRLASH: JAMIYATIMIZ TARBIYASINI QAYTA SHAKLLANTIRISH

01.03.2022

Eyjizm nima? Eyjizm (inlizcha, “ageism”) — tobora kuchayib borayotgan muammolardan biri — insonning yoshiga qarab ajratish yoki kamsitish, ma’nosini anglatadi.

Eyjizmdan kimlar jabr chekadi? Ibora fanga 1969-yilda Neyl Robert tomonidan kiritilgan kelgan bo’lib, keksa odamlarga nisbatan diskriminatsiyani tavsiflash, degan ma’noni bildiradi. Eyjizm seksizm va irqchilikka asoslangan, deb hisoblanadi.

SDSU — Kengaytirilgan gerontologiya sohasi mutaxassisi Litsi Braun tomonidan yozilgan maqolada eyjizm stereotiplarning aloqadan qochish, ochiqdan-ochiq nafrat bildirish, yoqtirmaslik va turli joylarda ish bilan ta’minlash va ko’plab turdagi xizmatlardagi kamsitishlarni o’z ichiga oladi, deb tavsiflaydi.

Eyjizmning 5 turi
  1. Yoshi katta bo’lganligi vajidan ishdan ozod qilish. 24% xodimlar o’zining ishdan ketish sababini yoshining ortishida, deb biladi.

2. Sizning yoshingiz sababli foizsiz kredit, yangi kredit karta, avtoulov sug’urtasi yoki sayohatni sug’urtalash rad etilgan holatlarda.

3. Restoran yoki marketlarda keksa yoshlilarga past sifatda xizmat ko’rsatish.

4. Tibbiyot xodimlarning keksalarni nazoratdan o’tkazishdan bosh tortishi. (Ba’zan bu holatlar keksalarga yordam bera olmaslikdan qo’rquv yoki muolaja salbiy ta’sir qilishidan qo’rqish natijasida yuzaga keladi. Aslini olganda, tibbiyot xodimi yosh tanlamasligi kerak).

5. Turli guruh va klublarga a’zo bo’lishingizdan bosh tortishlari. Ya’ni tashkilotchilarning tashkiliy ishlarda yosh belgilashlari.

Eyjizm faqatgina shaxs uchun emas, balki butun bir jamiyat uchun ham hatarli.  Biz bu maqolada eyjizmning hayotda uchrab turadigan bir necha turlari bilan tanishdik. Eyjizm haqida tushunchaga ega bo’lish qarashlarimizni biroz bo’lsada o’zgartira oladi. “Z” avlodidan shuni so’raymizki, ular o’zlaridan yoshi ulug’ bo’lgan insonlar bilan suhbatlashayotganda, ularning ijtimoiy kelib chiqishi yoki ma’lum texnika asri bilimlaridan xabardor yoki xabarsizligidan qat’iy nazar ularga nisbatan do’stona munosabatda bo’lishsin. Zero, inson yashashda davom etar ekan, hayot o’zgarishlar, qarish va o’limdan iborat. Zamon shiddat bilan rivojlanaveradi, insonlar esa qarishda, ularning tushunchalari eskirishda.

Mirkarim Osimning “Jayhun ustidagi bulutlar” asarida ham Beruniy davri keksalari va yoshlari orasidagi muammolar to’g’risidagi sahnalar mavjud. Yoshlik va keksalik qaysi davrda bo’lishidan qat’iy nazar o’sish va tushish, yuksalish va inqirozdan iborat. Bunday muammolarga o’z vaqtida Suqrot va Aristotellar ham duch kelgan. Qadimgi yunon faylasuflari yoshlarni kitob chiqib, mutolaaga berilib ketganligi sababli keksalarni tinglamay, mulohaza qilmay qo’yganlikda ayblashgan, xuddi hozirgi zamon keksalari yoshlarni televizor, komyuter va internetga, va ayniqsa qo’l telefonlariga mukkasidan ketganlikda ayblashganlari singari.  Har qanday holatda ham, necha yosh bo’lishmasin, keksalarni e’zozlashimiz, sabr bilan muomala qilishimiz va do’stona munosabat bildirishimiz bizning bo’ynimizdagi qarz. Bu qarzni kelajak avlod bizga qanday bergan bo’lsak, shunday qaytaradi.  

Muhammad Olim Nuriyaxonim Ulug’bek qizi
O’zDJTU Media va kommunikatsiya fakulteti talabasi

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

eight + 4 =