«FAKTCHEKING ASOSLARI» MAVZUSIDA ONLAYN TRENING

07.09.2021

2021-yil 21-26-sentyabr kunlari Internews xalqaro nodavlat tashkiloti O‘zbekiston onlayn OAV jurnalistlari va blogerlari uchun «Faktcheking asoslari» mavzusida onlayn trening tashkil qiladi.

 Faktcheking – ma’lumotning ishonchlilik darajasini tekshirish degani. Faktcheking anchadan beri matbuot sohasi mutaxassislari uchun eng zarur ko‘nikmalardan biriga aylangan. Faktlarni tekshirib, siz vaziyatga xolis nazar tashlay olasiz, turli chalg‘itishlarga chuv tushmaysiz va auditoriyangizga faqat to‘g‘ri axborot yetkazasiz. Bu raddiya chop etish, sud da’volari va tuhmat kabi jiddiy muammolarning oldini olishga yordam beradi.

Onlayn trening davomida ko‘rib chiqiladigan va ish olib boriladigan mavzular:

• faktcheking nazariyasi va asosiy tushunchalari
•faktcheking ob’ektini tanlash mezonlari
•faktlarning haqqoniyligini tekshirish usullari
•ma’lumotlarni qiyosiy tekshirish va faktlarni tekshirish vositalari

Vebinarlar jadvali: 2021-yilning 21-, 23-, 25-, 26-sentyabr kunlari.

E’tibor bering, vebinarlar dam olish kunlari ham bo‘lib o‘tadi. Mashg‘ulotlarning vaqti haqida keyinroq xabar beramiz.

O‘qitish tili: rus/o‘zbek (sinxron tarjima bilan)

Murabbiylar:

Rustam Gulov – mediasavodxonlik va yangi media bo‘yicha mutaxassis, bloger, media-murabbiy va Tojikistonda birinchi faktcheking platformasi Factcheck.tj asoschilaridan biri;

Jamshed Marupov – jurnalist, media-ekspert, Factcheck.tj saytining asoschilaridan biri va bosh muharriri.

Hujjatlar 16-sentyabr soat 23:00 gacha (Toshkent vaqti bilan) qabul qilinadi.

Batafsil ma’lumot olish va treningda qatnashish uchun ariza topshirish quyidagi havola orqali: https://newreporter.org/uz/2021/09/06/ozbekiston-onlajn-oav-zhurnalistlari-va-blogerlar-uchun-faktcheking-asoslari-onlajn-treningi/

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

10 + ten =