FAKTCHEKING PLATFORMALAR — MEDIASAVODXONLIKNI TA’MINLOVCHI VOSITA SIFATIDA

12.11.2023

Axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi, xususan, internetning ommalashuvi hamda texnik imkoniyatlarning kengayishi sharoitida feyk materiallarni haqiqiylaridan ajratib olish qiyin. Sababi hozirda  har bir foydalanuvchiga hujjatlar, tasvirlar, audio fayllarni osongina nusxa ko‘chirishga imkon beradigan texnologiya mavjud  bo‘lib, bu har doim ishonchli axborotga nisbatan to‘siq bo‘ladi. Uning paydo bo‘lishiga, to‘xtatilishiga va rad etilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun biz jurnalistlar ishlarini professional darajada tashkil qilishga yordam beradigan texnikalar va filtrlarga muhtojmiz.

“Yetarlicha bilimga ega bo‘lmagan insonlar ko‘p hollarda bu kabi ma’lumotlarga ishonishadi”. Ammo tadqiqotchi Yelena Pronina bu tezisni rad etadi. Uning fikricha, olomon ta’siriga tushgan har qanday odam yolg‘on ma’lumotlarga asoslangan ma’lumotni qabul qilishi mumkin.

FactCheck.org – eng  nufuzli Amerika faktcheking resurslaridan biri. U siyosatchilarning bayonotlarini tekshiradi. Misol uchun, AQSh prezidentlik saylovlarida Barak Obamaning shtab-kvartirasi raqibi Romni-Bainni Capital kompaniyasining xodimi sifatida davlatlarda ish o‘rinlarini qisqartirib, korxonalarning bir qismini boshqa mamlakatlarga ko‘chirishni ayblagan televizion videoni ishga tushirdi. FactCheck, Romni tashqi manbalar bilan shug‘ullanishdan oldin kompaniyani tark etganini aniqladi. Barak Obamaning shtab-kvartirasi FactCheck nashriga javob berishga majbur bo‘ladi. 2015-yil boshida FactCheck shuningdek, SciCheck sho resursini ishga tushirdi, bu esa jamoatchilik fikriga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan fan sohasidagi siyosatchilarning bayonotlarini tekshiradi.

The Washington postning Amerika nashri ma’lumotni tekshirish bilan shug‘ullanadigan ikkita blogga ega – Fact Checker va The Intersect. Taniqli jurnalist Glenn Kessler boshchiligidagi Fact Cheker platformasida, asosan, Amerika siyosati bilan bog‘liq materiallar chop etiladi. Har bir bayonotning noto‘g‘riligi yoki yolg‘onligi “Pinocchio” piktogrammalarining soni bilan belgilanadi — ular qanchalik ko‘p bo‘lsa, bayonotdagi haqiqat shunchalik kam bo‘ladi.  The Intersect blogi haftalik sharhlarni nashr etadi: “Bu hafta internetda qanday soxta narsalar paydo bo‘ldi“ rukni ostida.

Ukrainada  Владометр loyihasi siyosatchilarning bayonoti va va’dalarini tekshiradi. Moldovada xuddi shunday loyiha — Promis va Chexiya Respublikasida —Demagog deb nomlanadi. Afrikadagi eng mashhur faktchekinglaridan biri —  Africa Check sayti. Uning faoliyat doirasi keng: siyosatchilarning bayonotlarini tekshirishdan soxta foto va videolar tekshiruviga qadar.

Ijtimoiy tarmoqlarda mish-mishlar va g‘iybatlarni tekshiruvchi va tarmoqdan olingan soxta fotosuratlarni e’lon qiluvchi Antivirus blogi Resurs sahifalarida ijtimoiy tarmoqlarda “virus”ga aylanib ketadigan haftalik tasvir sharhlarini berib boradi. Misol uchun, dunyodagi eng kichik mushukning surati. Aslida, bu rasm 2005-yildagi fotoshop tanlovining g‘olibi.

Feyk ma’lumotlarni aniqlab olishning eng yaxshi usuli bu – feyk saytlar faoliyatini o‘rganish hamda bu platformalardagi yangiliklarni muntazam kuzatish orqali ularning uslubini o‘rganish. Eng mashhur feyk platformalar:

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

eight + six =