“FAN VA INNOVATSIYA” XALQARO ILMIY ANJUMANI ONLAYN FORMATDA BO‘LIB O‘TADI

12.11.2020

Joriy yilning 26-noyabr kuni Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markazi tomonidan “Fan va innovatsiya” xalqaro ilmiy onlayn anjumani bo‘lib o‘tadi.

Anjuman ilmiy yutuqlar va innovasion jarayonlarning o‘zaro bog‘liqligi bo‘yicha ilmiy va amaliy tajriba, fikr almashishni o‘z ichiga oladi.

Anjumanning asosiy maqsadi ilmiy jamoatchilikka va salohiyatli investorlarga biologiya, fizika, kimyo va geologiya kabi tabiiy fanlar sohasidagi zamonaviy yutuqlarini taqdim etish, shuningdek muammolarga oydinlik kiritish hamda zamonaviy tendensiyalar va ilm-fan, muhandislik va texnologiyaning ustuvor yo‘nalishlarida olib borilgan tadqiqotlar natijalari bilan bo‘lishish.

Anjuman tillari: o‘zbek, rus, ingliz tillari.

Anjuman quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • Yalpi majlis
  • Fan tarmoqlari bo‘yicha seksiyalar ishi.

Eng yaxshi ma’ruzalar O‘zR Oliy Attestatsiya Komissiyasi ro‘yxatiga kiritilgan “Ilm-fan va innovatsion rivojlanish” jurnalida ilmiy maqolalar ko‘rinishida chop etish uchun tavsiya etiladi.

Konferensiya materiallari asosida to‘plam tayyorlanadi. Konferensiyaning ilmiy materiallari to‘plamiga xalqaro raqam (ISBN) va raqamli ob’ekt identifikatori (DOI) beriladi, to‘plamning elektron versiyasi Ilg‘or texnologiyalar markazining www.cat-science.uz saytida joylashtiriladi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

five − 2 =