FLEDU.UZ TOMONIDAN SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETIDA SEMINAR O’TKAZILDI

28.12.2019

2019-yil 26-dekabr kuni «O’zbekistonda xorijiy tillar» Internet-portali va ilmiy-metodik elektron jurnal vakillari (FLEDU.UZ) direktor G. Shukurova boshchiligida «Xalqaro standartlar bo’yicha ilmiy jurnallarda ilmiy maqolalarni tayyorlash va rasmiylashtirish bo’yicha mualliflar uchun tavsiyalar» mavzusida seminar va uchrashuv bo’lib o’tdi. Samarqand davlat universiteti rus filologiyasi fakulteti seminarni o’tkazish maydonchasiga aylandi.

Seminar fledu.uz direktori G. Shukurovaning taqdimoti bilan boshlandi. U o’z nutqida seminar ishtirokchilariga internet portalning maqsad va vazifalari, faoliyati hamda ilmiy-metodik jurnal haqida ma’lumot berdi. Elektron jurnal haqida so’z yuritar ekan, u ilmiy-uslubiy elektron jurnalning asosiy vazifasi sifatida mutaxassislarning sa’y-harakatlarini birlashtirish, chet tillarni o’rganish va o’qitish sohasida tajriba almashish, xorijiy tillarni o’qitish milliy metodikasini rivojlantirishga ko’maklashishga qaratilganini ta’kidladi.

Bundan tashqari, seminarda  jurnalning adabiy-ilmiy muharriri V. Kayumova so’zga chiqdi.  V. Qayumova mualliflarga ilmiy jurnallarda, shu jumladan «O’zbekistonda xorijiy tillar» jurnalida ilmiy maqolalar tayyorlash va rasmiylashtirish bo’yicha tavsiyalar berdi.

Seminar yakunida FLEDU.UZ vakillari yig’ilganlarning savollariga javob berildi va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish sohasida yaqin hamkorlik qilishga chaqirdi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

5 × four =