DIQQAT! “O‘ZBEKISTONDA XORIJIY TILLAR” ILMIY-METODIK ELEKTRON JURNALI XALQARO MIQYOSIDA NASHR ETILMOQDA

04.11.2022

“O‘zbekistonda xorijiy tillar” nomli ilmiy-metodik elektron jurnali tahririyati nashrning ilmiy salohiyati va nufuzini ko‘tarish yo‘lida samarali faoliyat olib bormoqda. Shuni alohida ta’kidlashimiz kerakki, mazkur jurnal bir qancha xalqaro miqyosidagi indekslarga ega bo‘ldi va bu orqali jurnal auditoriyasi yanada kengayib, nafaqat mahalliy, balki xalqaro doirada o‘z o‘rniga ega bo‘lmoqda.

“O‘zbekistonda xorijiy tillar” nomli xalqaro ilmiy-metodik elektron jurnali:

Open accessochiq ma’lumotlar bazasiga ega;

Peer-review: Double anonymized  — har bir maqola nashr etilishidan oldin muallif haqidagi ma’lumotlar ochiqlanmagan holda taqrizga yuboriladi. Bunda taqrizchiga muallif haqidagi ma’lumotlar va aksincha, muallifga taqrizchi kim ekanligi haqidagi ma’lumotlar oshkor etilmaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining (OAK) dissertatsiyalar asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan.

ISSN — O‘zbekiston Respublikasida chiqariladigan davriy nashrlarning xalqaro standart tartib raqamiga ega: 2181-8215 (online).

Scientific library of Uzbekistan platformasi tarkibiga kiritilgan.

DOI raqamiga egaCrossref DOI: 10.36078.
DOI yoki raqamli obyektning identifikatori – bu global Internet tarmog‘idagi elektron hujjatga berilgan raqam, buning natijasida materiallarni qidirish va ulardan foydalanish ancha soddalashtiriladi. Qisqacha aytganda, bu muayyan obyektga havola hisoblanadi. 

Rossiya Federatsiyasining “Science index” bazasida indeksatsiyalangan.

Google Scholar bazasi tarkibiga kiritilgan.
Google Scholar bu — ilmiy doirada mashhur bo‘lgan qidiruv tizimi bo‘lib, ilmiy ishlarning iqtiboslilik darajasi bilan tanishish imkonini beradi. Shuningdek, Google Scholar muallifga uning ilmiy qiziqish sohalari, ularning har biri uchun iqtibosli nashrlar ro‘yxati, barcha indekslangan nashrlar uchun iqtiboslar statistikasi ko‘rsatilishi mumkin bo‘lgan ommaviy sahifa yaratish imkoniyatini ham beradi.

— Dunyo olimlarining o’zaro hamkorlik qilish platformasi — “ResearchGate” tarkibiga kiritilgan.
ResearchGate platformasi bu — ilmiy tadqiqot natijalarini targ‘ib qilishga qaratilgan ilmiy elektron platforma. Qisqacha qilib aytganda, ilmiy doira vakillari uchun mo‘ljallangan “ijtimoiy tarmoq”.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

4 × три =