«FRANCE EDUCATION INTERNATIONAL» BILAN DELF-DALF EKZAMENATORIGA AYLANING
28.04.2023Fransiya elchixonasi DELF-DALF ekzamentorlarini tayyorlash uchun seminar tashkil qiladi. Seminarni «France Education international» ekspertlari o‘tkazadi.
![](https://fledu.uz/wp-content/uploads/2023/04/photo_2023-04-28_10-48-23-794x1024.jpg)
Fransuz tilino o‘qitish mutaxassislari uchun mo‘ljallangan ushbu kurs 2023-yil 19-23-iyun kunlari Toshkent fransuz alyansida bo‘lib o‘tadi.
Seminarga yozilish uchun ishtirokchilarga quyidagi talablar qo‘yiladi:
– fransuz tili mutaxassisligi bo‘yicha kamida bakalavr darajasiga ega bo‘lish;
– fransuz tilidan kamida C1 darajaga ega bo‘lish (DALF yoki tol‘iq TCF).
Agar siz talablarga javob bersangiz va bu taklif sizni qiziqtirsa, 2023-yil 9-maydan kechiktirmay havola orqali seminarga yoziling.
![](https://fledu.uz/wp-content/uploads/2023/04/download.jpg)
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.