FRANSIYA ELCHISI XALQARO MODA AKADEMIYASI BITIRUVCHILARINI QUTLADI

28.09.2023

Fransiyaning O‘zbekistondagi elchisi Oreliya Bushez xonim Parij Xalqaro moda Akademiyasi (AICP) talabalarini (jami 47 nafar) Toshkent To‘qimachilik va yengil sanoat instituti bilan hamkorlikdagi ikki tomonlama diplom olganlari bilan tabrikladi.

Ushbu ta’lim tizimi oʻzbekistonlik talabalarga Toshkentdagi Fransuz alyansi harakati tufayli fransuz tilini oʻrganish bilan birgalikda toʻqimachilik bilimlarini ham o‘zlashtirish imkonini beradi.

-Hozirda bu O‘zbekistonga ko‘chirilgan yagona fransuz ta’lim tizimidir, deb xabar beradi Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

one + 11 =