FRANSIYA-TOSHKENT LITSEYIGA (LYCEE FRANÇAIS DE TACHKENT) TASHRIF UYUSHTIRILDI

12.10.2023

2022-yil 22-noyabrda Fransiya Respublikasi Milliy taʼlim va yoshlar vazirligi bilan imzolangan “Maktabgacha taʼlim sohasida hamkorlik qilish toʻgʻrisida”gi deklaratsiyaga ko‘ra, joriy yilning 6-oktyabrda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari –Maktabgacha ta’lim agentligi direktori A.Shin Fransiya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Oreliya Bushes xonim taklifiga binoan Toshkent shahrining Mirzo-Ulug‘bek tumanidagi Fransiya Toshkent litseyiga (Lycee Français de Tachkent) tashrif buyurdi. O‘zbekiston tomoni 3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlarni o‘qitishga qaratilgan litsey faoliyati bilan tanishdi.

Tashrif davomida O‘zbekiston delegatsiyasi o‘quv jarayonini tashkil etish, ovqatlanish, sport mashg‘ulotlari bilan tanishdi, shuningdek, maktabgacha yoshdagi bolalar uchun mo‘ljallangan dasturni atroflicha o‘rgandi. Shuni ta’kidlash kerakki, Frantsiya maktabgacha ta’lim dasturining asosiy maqsadi bolalarning maktab dasturlariga muammosiz o’tishini ta’minlashdir.

 A.Shin ushbu litsey bilan maktabgacha yoshdagi bolalar uchun fransuz tili o‘quv dasturlarini ishlab chiqish kabi dolzarb yo‘nalishlarda fransuz o‘qituvchilari tajribasini almashish borasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish zarurligini ta’kidladi.

Ma’lumot uchun: Bugungi kunda Markaziy Osiyodagi yagona fransuz litseyi bo‘lmish Toshkent fransuz litseyi 1997-yilda fransiyalik muhojir ota-onalarning tashabbusi bilan tashkil etilgan bo‘lib, ular bir tomondan farzandlarining ta’lim-tarbiyasida hech qanday uzilish bo‘lmasligini orzu qilgan. ikkinchi tomondan, fransuz tilini sevuvchilar va biluvchilar uchun O‘zbekistonda yuqori sifatli ta’lim imkoniyati paydo bo’ldi. Fransiyaning O‘zbekistondagi elchisi homiyligida litsey Fransiyaning xorijdagi xalq ta’limi negizida faoliyat yuritadi.

 Mazkur ta’lim dargohida 100 dan ortiq o‘quvchi tahsil olmoqda, ularning 70 foizi O‘zbekiston fuqarolari va o‘nga yaqin turli millat vakillaridan iborat.

Boshlang’ich maktabdan boshlab ingliz va rus tillari o’rganiladi; butun o’qish davrida fransuz tilidan tashqari 4 ta chet tili ham taklif etiladi. 2001-yildan buyon Toshkent fransuz litseyi AEFEning rasman tan olingan hamkori hisoblanadi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

4 × 2 =